Homiladorlik taqvimi (kalendari)
Onaning holati
Bola tug'ilishini kutayotib tinch bo'lishga asabiylashmaslikka harakat qiling. Og'riqlar bezovta qilgan payti chuqur nafas oling.
Homiladorlikning oxirgi kunlarida yoningizda doim yaqinlaringizdan kimdir bo'lishi kerak. Tug'luqlar boshlanib qolganda shifoxonaga borish uchun sizga yordam kerak bo'ladi.
Shifokor tug'ish muddatini belgilagan bo'lishiga qaramay, aynan o'sha kuni tug'ishingiz ehtimoli juda kichik. Shuning uchun tug'ish jarayoniga oldindan tayyor bo'lib yuring.
Siz endi umuman sekin harakatlanadigan, bir joyga sig'maydigan bo'lib qoldingiz.
Siz tug'ishga shoshayotganingiz bilan endi oz qolganini bilib turibsiz.
Uxlayotganda qulay holatda bo'lish juda qiyin bo'lmoqda. Lekin ko'proq dam olish haqida unutmang. Uyqingiz kelmasa ham, yotib yaxshi niyatlar qilib yoting. Tug'ish jarayonida sizga juda ko'p kuch kerak bo'ladi.
Bolaning harakatlariga ahamiyat berib yuring. Uning uzoq vaqt harakat qilmasligi u qiynalayotganidan dalolat berishi mumkin.
Aldamchi tug'luqlar soni ko'payib borishi mumkin, lekin ba'zi ayollar ularni sezmay birdaniga haqiqiy tug'luqlar bilan tug'adilar.
Vahimada va xavotirda bo'lmang. Tug'ish jarayonida kerak bo'ladigan nafas olish mashg'ulotlarini qayta-qayta takrorlab turing.
Homiladorlikning 40-haftasiga kelib onaning vazni biroz kamayishi kuzatilishi mumkin. Bu degani tez kunlarda tug'ish boshlanadi.
Homiladorlik davrida umumiy oshgan vaznning optimal miqdori 10-13 kgga teng.
Vazn o'sish quyidagilar hisobiga yuz beradi:
- yo'ldosh - 9%
- bola - 38%
- bachadon, bo'ksa va ko'krak og'irligi- 20%
- qon va suyuqlik miqdorini oshgani - 22%
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 48-51 sm
Og'irligi 3100-3500 gr
Yangi tug'ilgan chaqaloq ota-onasiga bir oz kutilmagandek tuyulishi mumkin. Uning boshi dumaloq emas, teri rangi ko'kish hattoki sarg'ish ham bo'lishi mumkin. Undan tashqari terida dastlabki tug'luq suyuqligi, qon, mekoniy qoldiqlari va momiq tuklari qolib ketgan bo'lishi mumkin. Ba'zida esa gormonlarning faoliyati tufayli uning jinsiy a'zolari kattalashgani, kichik ko'kraklaridan esa hatto sut chiqayotgani ham namoyon bo'lishi mumkin. Yuqoridagi bacha holatlar bir necha kundan so'ng izsiz o'tib ketadi.
Bolaning immun tizimi yetuk bo'lmagani bilan u mavjud va uning takomillashuvi tug'ilgandan so'ng ko'krak suti ichishi bilan davom etadi.
Bolaning momiq tuklari to'kilib bo'lgani bilan yelka va belida ularning qolib ketgan joylarini ko'rishingiz mumkin.
Tug'ilgan yo'ldosh og'irligi odatda bola vaznining 1/8 qismini tashkil qiladi. Uning kindik ichakchasi esa bolaning uzunligiga teng bo'ladi.
Bola tug'ilishi bilan uning yetukligiga baho beriladi. Tug'ilish vaqti aniq qilib yozilib qo'yiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq tug'ilishi bilan yig'lab yuborishi shart. Chunki shu orqali uning o'pkalari ochilib bola nafas olishni boshlaydi.
To'qqiz oylik shirin xayollar, bezovta, og'ir va qiyin kunlardan so'ng bahramand bo'ling. Endi siz onasiz!
Bolani tugilishi bilan vazni va bo'yi o'lchanadi. Uning asta ovoz chiqarib yotishi uning dunyoga kelganidan dalolat berib turadi.
Agar bola hali tug'ilmagan bo'lsa, uning momiq tuklari to'kilishda davom etmoqda. Dastlabki moy uning badanini qoplab turibdi. Ichaklarida esa dastlabki najas mekoniy yi'gilmoqda.
U butunlay shakllanib bo'lgan.
TABRIKLAYMIZ!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8