Homiladorlik taqvimi (kalendari)
Onaning holati
Haqiqiy tug'luqlar boshlanishidan oldin siz aldamchi tug'luqlarga duch kelishingiz mumkin. Ular Brekston -Xiks tug'luqlaridan farqlanadi. Haiqiqiy tug'ish jarayoni boshlandimi, yo'qmi siz o'zingiz his eta olasiz. Ba'zi-ba'zida qorin va toz sohangizda keskin elektrik tok o'tgandek og'riqlar bolaning boshi tozda mahkamlanayotganidan va sizning asablaringizga tegib ketayotganidan dalolat beradi.
Homiladorlikning oxirgi haftasidagi kichik bir noqulaylik qorinda striya cho'zilishning paydo bo'lishidir. Bu qizg'ish rangdagi chiziqlar bo'lib, qorin va bo'ksalarda namoyon bo'ladi. Shunday bo'ladiki, bugun uyquga ketganingizda yo'q bo'lib, ertasi kuni ertalabdan ular ko'p tarqalgan bo'lishi mumkin. Tuqqaningizdan keyin ular bunchalik ko'rinarli bo'lmay, rangi ochilib ketadi.
Ko'kraklar hajmi og'irlashib ketgan. Ulardan og'iz suti ajralishi sizni ona bo'lishingizga tayyorlamoqda.
Bolaning harakatlarini kuzatib yuring. Uzoq vaqt mobaynida bola qimirlamay qolsa, bu haqda shifokorga xabar bering. Bolaga hech narsa qilmagan bo'lsada, u qiynalayotgan bo'lishi mumkin.
Qindan qon yoki suyuqlik ajralishi tug'ish jarayoni boshlanayotganidan dalolat beradi. Qon ajralishi esa biroz xavfliroq holat deb hisoblanadi.
Bolaning holati
Bolaning uzunligi 50 sm
Og'irligi 2900 gr
Homiladorlikning oxirgi haftasida bolaning ichaklarida hayot chiqindilari ozmuncha yig'ilib qolgan. Bu qora-yashil rangdagi modda mekoniy deb ataladi, uning tarkibi asosan qonning o'lgan to'qimalari, ichakning o'lgan to'qimalari, homila momiq tuklari, terining qurib tushgan qatlami va boshqa komponentlardan iborat. Mekoniy bu bolaning dastlabki najasi. U uni tug'ilganida ichidan chiqarib tashlaydi. Ba'zida tug'ilishdan oldin mekoniyni chiqib ketishi natijasida bola dunyoga yoqimsiz yashil moddaga o'ralgan bo'lib tug'iladi.
Agar sizda o'g'il bo'lsa, uning tuxumlari moyak haltasiga tushib bo'lgan yoki tug'ish davriga kelib albatta tushib bo'lgan bo'ladi. Tug'ilgan o'g'il bolalarning 1%da va muddatidan oldin tug'ilgan bolalarda tuxumning tushmasligi namoyon bo'lishi mumkin. Bu ba'zi kasalliklar alomati bo'lib, shifokorlar bola tug'ilgan zahoti uning tuxumlari tushganligini tekshiradilar.
Bola endi kuniga 28 grammdan qo'shib bormoqda.
Odatda 38-haftada uning boshi kichik toz sohasiga tushgan bo'ladi. Bola mustaqil yashashga butunlay tayyor. 38-40 hafta oralig'ida sodir bo'lgan tug'ish o'z vaqtida bo'lgan tug'ish deb hisoblanadi.
Bolaning boshidagi sochlar 1-2 sm ni tashkil qilmoqda.
Bola tug'ilganda ko'pincha vazni 3.5 kg, uzunligi 50 sm atrofida bo'ladi.
U tug'ilishi bilan qattiq chinqiradi. Shunday qilib u o'zi haqida hammaga dunyoga xabar beradi. U mustaqil nafas oladi, uning yuragi urib turadi, oyoq va qo'llari aktiv harakatda bo'ladi.
Dunyoga xush kelibsan aziz bolajon!
Tug'ish
Siz ushbu kunlarda tug'ishingiz mumkin. Tug'ish jarayonining birinchi bosqichi tug'luqlar bo'lib, ular yordamida bachadon bo'yni ingichkalashib kengayadi. Bu bolaga tug'ish yo'li bo'ylab harakatlanishiga yordam beradi. Ikkinchi bosqich bolaning qindan o'tib dunyoga kelishidir. Uchinchi bosqich yo'ldoshning tug'ilishi...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1