Предыдущая публикация
qalbimni buncha ezadi,
Armonlar orzuning qasrin buzadi.
Yuragim bir senga zorlik sezadi,
Men seni judayam, juda
sog‘indim.
Armondir dardimni
aytolmaganim,
G‘ururni yiroqqa haydolmaganim,
Armondan og‘irdir
qaytolmaganim
Men seni judayam, juda
sog‘indim.
Ko‘ngilning ming bitta zori bo‘lsa
ham,
Imtihon dunyoning kori bo‘lsa
ham,
Iqrordan dilimning ori bo‘lsa ham
Men seni judayam, juda
sog‘indim.
Dardimni aytmadim, tishladim
tilni,
Hijrondan ming karra g‘ashladim
dilni,
Topmadim sen tomon boshlagan
yo‘lni
Men seni judayam, juda
sog‘indim.
Yillarki izlayman bosgan izingni,
Ko‘zimda ko‘raman qora
ko‘zingni,
Qaniydi, bir bora ko‘rsam
o‘zingni,
Men seni judayam, juda sog‘indim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7