bo`lgandi adashmasam. Qish har
yilgidan sovuq keldi, hamma
tomonda qalin qor. O`sha kuni
tongda odatdagidek ishga
otlandim. Kun juda sovuq,
ko`chada ham odam kam. Izg'irin
qalin kiyimdan ham o`tib tanaga
igna sanchadigan darajada.
Aksiga olib mashinalar ham
ko`rinmaydi. Yo`l chetida yupun
kiyingan qariyaga ko`zim tushib
bunaqa sovuqda ko`chada
turganligiga hayron qoldim.
Tushunarli, u tilanchilik
qilayotgan ekan. Sira
o`xshamaydi tilanchiga. Bu
sovuqda ko`chada odam kamligi
mayliyu, bori ham cho`ntak
kovlashga erinadi. Yonidan
o`tayotib biroz pul tutdim.
Ko`zlari juda g'amgin boqarkan
odamga. Tilanchilik qilishni
istamayotgandek, uyalyotgani
bilinadi. "Rahmat" dedi zo`rg'a.
Hech kimi yo`qmikana?
Qariganda bu ahvolda... Juda
achindim o`shanda shu kabi
odamlarga. Ishim shu kuni
tushlikkacha tugadi. Uyga
qaytishda yo`lda ertalabki cholni
ko`rib qoldim. Qiziq, qo`lida bir
dona gul bor edi. Endi
qiziquvchanligim tutib
mashinadan tushib qoldim va
cholning ortidan kuzatib ketdim.
U sirpanchiq yo`ldan zo`rg'a
yurib borar, qo`lidagi gulni esa
juda avaylab bag'riga bosib
olgandi. Qabriston tomonga
burilganida yuragim nimanidir
sezdi. Qabrlar qor bilan
qoplangan, chol ularni oralab
chetdagi bir qabr yonida to`xtadi.
Cho`kkalab gulini qabr ustiga
qo`ydi. Boshini egib ancha vaqt
shu taxlit turib qoldi. Uning
yig'layotganini sezish mumkin
edi. Iztirobli manzara... Sezib
qolishini istamasamda yaqinroq
bordim. Qabrga kichikroq
marmar örnatilgan edi. Xotinining
qabri bo`lsa kerak. Bugun
tug'ilgan kuni ekanda. Ajabo
shunga ertalabdan bunaqa
qilgan. 7 yil bo`libdi o`lganiga.
Qabr ustida bir dona qip-qizil
atirgul qordan sovuq qotgandek
mayin titrab turardi. Cholning
pichirlayotgan ovozi
quloqlarimga eshitildi: "Bu
so`nggi gul, tez orada yana birga
bo`lamiz"... G'alati bölib ketdim.
Sönggi gul? Bu nima degani?
Nahotki bu ... U bazör örnidan
turib, kelgan yölidan bir-bir ortiga
yurib ketdi. Men biroz u ziyorat
qilgan qabr yonida turib qoldim.
"Yana kelibdida..." Ovoz kelgan
tomonga yuzlandim, görkov bölsa
kerak. Menga qaramasdan, qabr
ustida turgan gulga tikilguncha
sözlashda davom etdi: "U juda
yaxshi körardida rahmatlik
ayolini. 40 yildan ziyod birga
baxtli yashashdi. Lekin farzandlari
bölmadi. 7 yil oldin esa... 7 yilan
beri har kuni kelardi, issiq kunda
ham, sovuq kunda ham. Yaqinda
og'ir betob bölib, kasalxonaga
tushib qoldi. Ancha örganib
qolganman unga. Kecha
kasalxonaga borsam, doktorlar
ahvoli og'irligini aytishdi. Ehtimol,
umrining sönggi kunlarini
yashayotgandir. Buni qarang,
bugun kasalxonadan qochib
ketgan körinadi. Inson bölib,
bunaqa muhabbatni körmagan
edim." Közimdan yosh chiqib
ketdi. Muhabbat, sadoqat haqida
gaplarni köp eshitardim. Shunaqa
bölarkanda. Biz ba'zida
oldimizdagi baxtning qadriga
yetmaymiz. Afsus...
Afsuslanishdan boshqa nimayam
kelardi qölimdan? So`nggi gul?
Eh, otaxon haqiqiy qalb o`lmaydi
hecham. Mana shunaqa gul bo`lib
qayta tug'iladi hali…
(((Rus tilidan tarjima qilindi)))
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев