Qilgan gunohlardan, öyga tolasiz.
Kelajakning ötkir tig'i, qalbiz tig'laydi.
Chimildiqqa noloyiq, bechora qizlar.
Yoshlikni beboshlik deb, sayoq
yurdingiz.
Nomahramlar bag'rida, xandon
kuldingiz.
Mana endi yig'laysiz, afsus yig'laysiz.
Chimildiqqa noloyiq,bechora qizlar.
Ön yettiga yetmasdan nomusdan
kechdiz.
Ibo - hayo libosini,kimlarga yechdiz.
Nikohsiz lazzatlarni, kimlarga
sochdiz.
Chimildiqqa noloyiq,bechora qizlar.
Chimildiq ne'matini,nafsga
sotdingiz.
Zino qilib nomahramla,birga
yotdingiz.
Gunohning botqog'iga,endi
botdingiz.
Chimildiqqa noloyiq,bechora qizlar.
Yoshlik damlari ham, bir zumda ötdi.
Sevaman degan yorlar, sizni unitdi.
Zinoning kasofati, sizlarni tutdi.
Chimildiqqa noloyiq, bechora qizlar.
Sizni deb otangiz, boshi böldi xam.
Bechora onangizni, ikki közi nam.
Har kuni öylaysiz, yig'laysiz har dam.
Chimildiqqa noloyiq, bechora qizlar.
Shirin yolg'onlardan, telba bölasiz.
G'unchalikdan ochilib, endi sölasiz.
Eng yomoni benikoh, ona bölasiz.
Chimildiqqa noloyiq, bechora qizlar.
Kimlarga qög'irchoq, kimlarga gulsiz.
Kimlarga malika, kimlarga qulsiz.
Mana endi nikohlanmay, misoli tulsiz.
Chimildiqqa noloyiq, bechora qizlar.
Juda qisqa tunlar ham, sizlarga uzun.
Armonli og'riqlardan, bölasiz
mahzun.
Qöyilgan notög'ri qadamlar uchun.
Chimildiqqa noloyiq, bechora qizlar.
Nomusni yöqotib, kördingiz ozor.
Mana endi yig'laysiz, har kuni zor-zor.
Hayotdan töyib endi, eslaysiz mozor.
Chimildiqqa noloyiq, bechora qizlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев