Guruhimizga sher va hikoya yozadigan moder yigitlar va moderka qizlarni taklif qilamiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4
Hali rejalarim ko'p.
Ortimdan tuhmat so'zlar,
Yolg'on g'iybatlar to'p-to'p.
Meni sindirma hayot,
Charchamayman mehnatdan.
Yiqilaman do'stlarim,
Oyog'im chalsa qasddan.
Meni sindirma hayot,
Dushmanimga insof ber.
Bir kun it oyog'iga,
Tiz cho'kib qolmasin sher.
Meni sindirma hayot,
Men haqimda mish mish ko'p.
Buning barchasi yolg'on.
Kimda xato qilmish yo'q.
Oilam bor, farzandim,
Ota onam o'ylayman.
Yaxshi ko'rgan kasbim bor,
Shuni o'ylayman yig'layman.
Meni sindirma hayot,
Mening kamim bor kimdan.
Chiqqanman katta yo'lga,
Yaxshi niyatlar bilan.
Meni sindirma hayot,
To'g'ri yo'lni ko'rsatgin.
Ahad so'raydi najot,
O'zing haq so'zing aytgin.
Meni sindirma hayot,
Hali rejalarim ko'p.
Ortimdan tuhmat so'zlar,
Yolg'on g'iybatlar to'p-to'p.