bir imorat ekan,
Barchasi
jumboqdan iborat
ekan
Umr kibir daryo
boradi oqib,
Bugunni
tiklaymiz
kechaga boqib
Demak tarix
bizga beradi
saboq,
Hikmat
izlar bo'lsang
o'tmishingga
boq.
Endi biroz
moziyga qaytib,
Sizga bir
hikmatni berayin
aytib.
Kim biladi
deysiz balkim
rivoyat,
Xullas
uchta erkak
qilmish jinoyat.
Azmigunohlari
harqalay og'ir,
Qozi o'z hukmini
o'qibdi oxir.
Kechirib
bo'lmaydi
gunohlaringni,
O'limga hukm
etmoq kerak
baringni
Chunki jinoyatga
til biriktirib
Necha bir
insonga
berdingiz firib
Qaysingni kiming
bor so'ylang
birma bir.
Bu
qilmishlaringni
bilmasmi oxir
Xotinim bor der
biri tomoq
qirib,
Mening
opam border
yana biri
.
Xechkiming
yo'qmi
so'ylasanchi
xoo'y,
Yigit
ko'zyoshini
to'xtata olmay
Dedi tahsir meni
Onajonim bor
Afsus bu
qilmishimdan
emas xabardor.
Bu so'zlarni
tinglab buyurdi
qozi,
O'lishga
mahkumsiz
hukmimdan rozi
Baringni
ortingda bir
mushtipar jon,
O'lim oldi mayli
beraylik imkon.
Chorlang!Yetib
kelsin o'sha uch
ayol,
Bizning
hukmimizni
kuzatsin halol.
Bo'lsaham
onaxon bo'lsa
ham dildor,
Ulgursin bu ahir
eng so'nggi
diydor.
Choparlarhar
tomon chopib
yeldilar,
Birgina ayolni
topib keldilar.
Bu holatni
kuzatib qozi ham
hayron
.
Qarshisida turar
mushtipar nolon.
Qozidedi:
Yaqiningiz kim?
Ayol yig'lar
deyolmay lom-
liim,
Oxir ko'z
yoshlarini artib
dedi u,
Qozi
janoblari bu
qanday qayg'u.
Hukmingizni
eshtib tanamda
jon yo'q,
Bilaman-bilaman
jinoyatchiga
hech omon
yo'q.
Bularning biriga
xotin,biriga
opaman va yana
biriga onaman.
Ular o'lsa men
ham o'lim
topaman.
Bu
holatni kuzatib
hayratdan qozi
so'z boshladi.
Nahot hammasiga
yaqin bir ayol?
Ayolning
so'zlari
bo'lmasa yolg'on
Unga beraylik
birgina imkon.
Onaxon
shoshilmasdan
fikrni jamlang.
Uch tutqun
ichidan birini
tanlang.
Siz
tanlagan kishi
o'limdan ozod,
Afsus hammasiga
berilmas imlot.
Onaxon
xo'rsinib,
o'ksinib dedi
.
Barining aybidan
o'tsangiz dedi.
Afsus bunga siz
yo'l
qo'yolmaysiz
O bolam,ox
ukam
oh begim
essiz.
Budunyo
azaldan,azaldan
bir kam,
Mayli omon
qolsin birgina
ukam.
Yana
kutilmagan holat
yuz berdi,
Ona farzandi
qolib ukani
derdi.
Yoqa
ushlab qoldi
guvoh
bo'lganlar,
Xattoki uchala
gunoh qilganlar.
Qozi dedi:Xato
qildingizov
shoshib
qolgandan,
Ne naf bordur 40
yoshdan oshib
qolgan inidan.
Axir bunda hali
chimildiqqa
kirishga
ulgurmagan,
Hali 20yoshga
to'lmagan
farzandingiz
turibdi
jovdirab,
qaqshab,
Qaror
qilsangizchi
onaga o'xshab!
So'zlar yuragiga
ko'p og'ir
botdi,
O'ylab ham
o'tirmay ona
so'z qotdi.
Tog'ri ona uchun
farzand
muhimdir,
Oh bilsangiz
hozir bag'rim
kukundir.
Kelar
bolamnimas jonim
ol degim,
Barini birdayin
qizg'onar edim.
Savolingizga shu
mening sharhim:
Otam ham,onam
ham bo'lishgan
marhum,
Bir er
ham topilar
tegamandesam,
Hali xudo bersa
ko'rarman
farzand.
Men
yolg'iz ukamga
yolg'iz opaman,
U o'lsa jigarni
qatdan topaman.
Bu so'zlar
hammani hayratga
soldi,
Muruvvat ahlini
g'ayratga soldi.
Onaning zehniyu
dono so'zlari,
Ochdi
xaloyiqning mehr
ko'zlarin.
Qozining qalbida
shavqat
uyg'ondi,
Dillarda
muhabbat quyoshi
yondi.
Tavba
tazarruga navbat
yetildi,
Uch tutqun
o'limdan ozod
etildi.
Qissadan
hissashu
bo'lmasin
g'urbat,
DILLARDA
YASHASIN MEHR
OQIBAT!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7