Muhabbatim elda afsona qildi,
Bir go'zal ishqida giryona qildi,
Seni bir ko'rdimu aqldan ozdim,
Sevgi dardi meni devona qildi.
Oshiqman, telbaman, savdoyi Majnun,
Ishqing sharobidan mast bo'ldim bugun,
Ko'zlari bog'langan asirman, tutqun,
Sevgi dardi meni devona qildi.
Tunlari osmonda sanab yulduzni,
Topib bering deyman o'sha tengsizni,
Ko'rmaganman sendan chiroyli qizni,
Sevgi dardi meni devona qildi.
Ta'rifing bitmoqqa ojizdir tilim,
Sensiz yashamodan afzaldir o'lim,
Senga boshlayverar har yurgan yo'lim,
Sevgi dardi meni devona qildi.
Qarang, qomatini qoshu ko'zini,
G'uncha lablariyu oydek yuzini,
Tinglamoq rohatdir har bir so'zini,
Sevgi dardi meni devona qildi.
Nahotki shunchalar bo'ldig deb shaydo,
Kulmang siz Ahadning holidan aslo,
Xasta bemordirman dardi bedavo,
Sevgi dardi meni devona qildi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1