Inson hayoti qisqa, shuningdek uzundir ham. Har bir inson baxtli bolishni va baxtli hayot kechirish orzusida yashaydi, albatta. Dunyo mavjud ekan – bu orzu ham oshal ibtido davrdan buyon mavjuddir. Bir kuni... Qayerda eshitganligim esimda qolmadi ammo osha voqea mening hayot haqidagi tushunchamni butkul ozgarishiga sabab boldi. Aytib bermoqchi bolgan ushbu voqeamning negizida - aslida insonnig hayotda topgan eng asosiy baxti nima ekanligi yotadi va u bir osmirning orzulari deya ataladi... U orzu qilishdan bir daqiqa ham tinmasdi va oz baxtini ozi yaratishga harakat qilardi. Uni baxt sari eltuvchi hayotdagi maqsadini xayolan oylab topdi... Oyladiki ulg`ayganda yaxshi ishga joylashib, yetarlicha maosh olsa, sevgan qiziga uylanib, undan 3-4 ta farzand korib, shahar chekkasidan kichikkina bir uy olsada va osha yerda xotirjam, be kamu kost yashayversa... Ha, shu uning osmirlikdagi ideal orzusi edi... Mana kun... oy... yillar... otdi. Bir necha yil oldingi osmir endi ulg`aydi. U mashhur kompaniyalarning birida direktor, yoshlikdagi orzusidanda koproq maosh, shahar chetida emas balki markazda qasrdek uyning sohibi... Ajoyib rafiqasi, 6 nafar guldek farzandlarning sevimli otasi boldi. Uning nazarida bularning barchasi BAXT nomini olgan... Yana yillar otdi... Sokin tunning yarmida uning uyqusi qochib uyg`ondi. Ozicha nimalarnidir fikrladi, osha onda na ishi na xotinu bola-chaqalari unga baxtdek tuyuldi, erishganlarini sarhisob qildiyu lekin bulardan uning kongli taskin topmadi. U hammasidan kechib uzoq uzoqlarga, haqiqiy baxt manzili sari ketmoqlikni istadi... Ornidan qozg`alib, bolalar yotgan xonaga kirdi, ularga uzoq termuldi, har qaysini bir-bir opdi, xayolidan nimalarnidir otkazdi va bir necha daqiqa oldin orzu qilgan haqiqiy baxtini izlash uchun olis-olislarga ravona bolishga jazm qila olmay, yana oz orniga kirib yotdi... Shundan buyon u baxt...haqiqiy baxtni uchratish istagida yashadi. Bu voqeadan shu xulosaga keldimki, demak erishsa boladigan narsalar haqida orzu qilmasligimiz kerak. Chunki ular orzu emas balki kelakdagi rejalardir. Hayotda erishib bolmaydigan maqsadlar qoyish va u qandaydir mojiza sodir bolishi orqali amalga oshishi baxtdir aslida. Hayotda biz kop narsalardan quvonamiz: lavozimda kotarilish, oylik maoshning oshishi, yangi uy sotib olish, muhabbatini topish, oila qurish yoki bulardanda ortiqroqlari... Quvonch bu vaqtinchalik tuyg`u, unda har doim chegara mavjud. Lavozimida kotarildimi – qachondir yana uning ornini boshqa egallab, mansabidan tushirishadi, oylik maosh oshdimi – narxlar ham shunga monand bolaveradi, yangi uy ham qachondir yaroqsiz holga keladi, muhabbatning yoli ham bir tekisda ketavermaydi, vaqt otgach u xiyonatga duch kelishi mumkin, oilani mustahkam saqlash esa juda mas`uliyatli vazifa...Yaxshi otgan kunimiz biz uchun quvonch, xursandchilik demakdir lekin uni abadiy emasligini ich ichimizdan baribir his qilamiz. Demak, borliqda ega bolayotganimizning bari quvonch yoki xursandchilik, biz shunchaki tuyg`ularni ozimizcha nomlaymiz. Unda baxt nima? Baxt – abadiy. Inson qalbi baxt tuyg`usini hech qachon ozida tuya olmaydi. Shuning uchun ham barchamiz baxtni oz qarichimiz bilan olchaymiz, xursand onlarimizni BAXT deya ataymiz. Bir soz bilan aytganda, chek-chegaraga ega bolmagan faqat abadiyatga asoslangan, tana, ruh tanlamaydigan, har kimga mos keluvchi tuyg`u bu BAXTdir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев