Qiynaldim...azoblandim.
Men angrayib mobilnik ekraniga emas, boshqa joylarga qarab turardim. Bunday...bunday rasvo manzaraga 3 soniyadan ortiq qaray olmasdim. Tamom bo'lgandim. Alisa esa o'lganni ustiga tepkan qildi. Yana bir vedioni qo'yib berdi. Unga qaramasdim. Temurning jarangli ovozi kelgach boshimni burdim. Unafrat, istehzo, mazah aralash so'zlardi:
"Ov blandinka-yu, qora sochlar. Eshitlaring qotirmay ensa! Bir tiyinsanlar, bir tiyinga qimmatsanlar! Bir kunliksanlar, vuahahaha! Vuahhahaha! Vuahahaha!" ortiq chiday olmasdim. Telefonni olib 3-qavat derazasidan uloqtirdim. Dog'da qoldirgandi meni Temur. Dong qotgandim. 7ta...7ta... Ha, men u ro'yhatni bittaga boyitishimga oz qolgandi, opa. Lekin men yo'l qo'ymadim. Undan kechdim. Karaxt edim. Ming pushaymonlar qildim...afsuslandim. Yo'q, men unisevmayman, aksincha butun vujudim bilan nafratlanaman. Ijirg'anaman undan...qo'limdan tutgan xarom qo'llaridan... -Anora o'kirib yig'lardi. U divan ustiga yuztuban yotib olib yig'lar ekan, divan silkinib ketardi.
Nafisa qotib qolgandi. Qorachiqlari kengayib, bir nuqtaga termulgandi. U hisoblay boshladi. O'sha vaqtlar Anora 17yoshda bo'lgan bo'lsa, Temur 18 yoshda...daxshat! Daxshat! Ne zamonlar keldi, yo Olloh! -dedi u hayratlanib. Singlisini yupatishni ham, koyishni ham bilmasdi. Shuncha azoblar singlisini qiynagan, bular esa bexabar. "Ha, hamma o'zidan o'tganini o'zi biladi." deb hayolidan o'tkazdi. Oradan 20 daqiqa o'tdi hamki orada sukut. Tinchlikni faqatgina Anoraning "shilq-shilq" etib yig'lashi buzardi xolos. Yuragi qonbo'lgan opa singlisining boshini ohista silab dilidagilarni to'kdi.
-Anoshka, singijonim! O'zingni buqadar abgor etma! Aslida dunyo sen o'ylaganchalik vafodor emas. O'zing aytasan-ku, "Hech bir ish Ollohning xoxishisiz bo'lmaydi, Olloh mehribon, u bandalariga toqatidan ortiq sinov bermaydi" deya. Nima, endi o'zing shak keltiryapsanmi?
Bu gap Anoraga yashin tezligida ta'sir qildi. Yuztuban yotgan Anora boshini tezda ko'tarib, ko'z yoshlarini artdi. U isyon boshlagandi. Eng og'ir so'z bo'lmish, "lanat"ni tiliga olgandi. Bu chindan noshukrlik edi. Yuragiga g'ulg'ula oraladi."Ollohimning qahriga duchor bo'lmadimmi?" deya ich-etini tirnadi. Opasiga yuzlandi:
-Opa, chiqib turasizmi? Men ikki rakat nafl nomozini o'qib olay, bugun og'ir kun bo'ldi.
Nafisa biroz ranjib o'rnidan qo'zg'aldi. Hech kimga ayta olmaganlarini aqlli singlisiga aytmoqchi edi, hammasini aytmoqchi edi. Juftihalolining kechirib bo'lmas xiyonatini, begona ayol bag'rida o'z ko'zlari bilan ko'rganini yig'lab-yig'lab hikoya qilmoqchi edi. Balki, shunda uyingga qayt, bolangni kelajagini o'yla deyuvchilar bittagakamayarmidi. Uning hayollarini darvozaning yoqimsiz taraqlashi buzdi.Hayollari to'zg'ib ketgan Nafisa hovliga yo'naldi. Bu vaqtda Anora joynamoz ustida pichirlab Fotixa surasini o'qiy boshlagandi. Unga bir jilmayib, havas ila qarab qo'ydi. Hovlida esa tanish chehrani ko'rib angrayib qoldi.
-Dada... -angraygan ko'zlari dadasiga tikilib, qotib qoldi. Darvoza oldida esa ranglari siniqqan, ozibketganidan kastyumlarining yelkalari tushib ketgan, sochlari oqarib ulgurgan Fozil aka turardi. Nafisa ham nafrat, ham g'azab, ham sog'inch ila unga termulib turardi. Ular uzoq kutgandi. Shu o'tgan o'n yilning olti yili umid ila o'tgandi. Ayniqsa Anora dadasini yaxshi ko'rardi. O'sha vaqtlar 6-sinfli qizaloq edi. Dadasi ketgach telbadek bo'lib qolgandi. Kiyim olishga pullari bo'lmagani sabab qo'ni - qo'shnilarning eskilarini kiyishardi. Yirtiqlarini oyisi yamab berardi. Ba'zan yeyishga nonlari ham bo'lmay qolardi. Bu xo'rliklarni boshlariga solgan insonga dadasi deb emas, aksincha dushmanidek boqib turardi. Lablari titragan Nafisa o'tgan o'sha qora kunlarini xotirlab yig'lab yubordi.
-Sizga kim kerak? -u shu so'zni aytgach ko'zlaridagi yoshlar daryodek shoshildi. -Nega keldingiz? -alam, xo'rlik ila so'zlardi u.
Ota esa jim edi. Bir so'z demoqqa ojiz edi u. Nima desin, lavozimidan bo'shaganini aytsinmi? Yoki xonavayron bo'lgach xotinchasi tashlab ketganini aytsinmi? U hamon jim edi.
-Nega keldingiz dedim? Ololmay qolgan qasdlaringiz qolib ketganmidi? Yoki xotiningiz uyini tortib oling dedimi? Ko'chaga haydang hammasini dedimi? -bu gal Nafisa hungrabyig'lab yubordi. Dadasini sog'ingan bo'lsada sezdirmadi. Dilining tub-tubidagi nafratlarni quvib chiqdi aksincha. Ota ahiyri tilga kirdi.
-Qizim, qizalog'im, bunday dema! Bolam, pushaymonman. Jazoimni oldim, afsusdaman bolam. -otaning ham ko'zidanyoshlari tomdi.
-Nima? Qizim? Sizni qizingiz bormi hali? Qizim demang meni, qizim demang. -bu galu yig'lashdan to'xtab g'azab otiga mingandi.
Shu dam darvoza ortidan Sohiba opaning ovozi eshitildi. U telefonda kim bilandur tortishardi.
"Yo'q, yo'q, yo'q! To'g'ri kelmaydi. O'zi shundoq ham savdo yaxshi emas, eski narxda junatsangiz olaman, yo'qsa boshqasidan olaman. Gap tamom. Eee, bo'ldidedimku, bolalar kiyimini ham shunaqa ko'tarib yuboradimi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5