Yaxshi, unda ertaga 11da uyimda bo'lsin! Kelishdik." -u asabiylashib so'zlar ekan, darvoza ichkarisidagi Fozil akani payqamadi ham.Ichkariga kirgach, unga urilishiga bir bahya qolgandagina unga ko'zi tushdi. Bu vaqtda Nafisa va otasining nigohlari allaqachon unga tikilgan edi.
-Siz? -Soxiba opa turgan joyida qotib qoldi. Bir so'z deyolmasdi.
Anoraga hovlidagi baqir - chaqirlar aniq eshitilib turardi. U dadasi kelganini payqardi. Ilk marotabanomozini juda shoshilib o'qidi. Dadasining chehrasini hayolidan o'tkazib, sevinib ketdi. Bu gal uzoq duo qilmadi. Faqatgina: "Ollohim, shu kunga yetkizganingga shukr"dedi-yu ka'dada o'tirishni ham unutib o'rnidan turiboq hovliga yugurdi. U devor ortiga berkinib dadasini kuzatdi. Uni tanib bo'lmasdi. Anoraalam bilan pichirladi:"Farosatsiz xotin, xoru-zor qilibsan-ku dadajonimni". U ortiq chidab tura olmadi. Butun sevinchini ovoziga jamladi va qattiq, jarangli ohangda "Dadajon" deb baqirdi. Yugurgancha o'zini dadasining bag'riga otdi. Bo'ynidan mahkam quchar ekan, yuraklari titrardi.
-Dadajonim, qaytishingizni bilardim. O'zimni dadajonim, sizni sog'inib ketdim, endi ketmang! Bizni tashlab ketmang xop! -Fozil aka karaxt edi. Uhech biridan bunday mehrni kutmagan edi. Quruqshagan lablari titrab, yig'lardi.
Shu vaqt Nafisa Anorani dadasining bag'ridan yulib oldi.
-Esingni yeb qo'ydingmi? -ko'zi chiqib ketgudek o'qrayib, baqirdi opa.
-Opa, axir bizni dadamiz. Men sog'inganman, keling dadajon, uyga kiraylik.Men sizga siz yaxshi ko'radigandek achchiqqina mastava qilib beraman. Boshingiz og'risa doim oyimga tayyorlatar edingiz-ku,hozir ham tobingiz yo'q ko'rinadi. Yuring, tortinmang dadajon. -Anora dadasini qo'lidan tutib uyga yetaklay boshlashi bilan yuziga kelib tushgan achchiq tarsaki uni karaxt xoliga tushurib qo'ydi.
-Nimalar deb valdirayapsan? Nima qilyotganingni bilasanmi? Esingni yig'ib ol! Bu odam bizni tashlab ketgan. Esingdan chiqdimi o'rtoqlaring "Otasini o'ynashi bor" deya ajratib qo'yganlari? Oyim qishda, qorda oyoq qo'li muzlab pista sotganlarichi? Yoki nonsiz, och-nahoro'tkizgan tunlarni unutdingmi? -u ko'p gapirardi. Ammo Anora barmoqlarini opasining labiga bosdi:
-Jim opa, jim...hammasi o'tib ketdi. Dadamiz qaytdi, yana ketib qolmasin. Endi bizni ham tirgagimiz bo'ladi. Endi biz ham kimnidurota deb chaqira olamiz. Qarang, dadam yig'layaptilar, kerakmi shu? Yig'lamang dadajon, hali hammasi iziga tushadi. Opamdan xafabo'lmang! Hozir jaxlidan tushib qoladilar. -Anora opasining gaplaridan keyin azobli kunlarini istamasada hayolida tikladi. "Hammangdankechdim, senlar meni bolam emassanlar" deb darvozadan chiqibketgan otasidan biroz nafratlandi. Lekin sezdirmadi.
-Nima? Nimalar deyotganingni o'zing bilasanmi? Sen qizni esing joyidami? Dadam yig'layaptilar emish. He o'rguldim, shu dadangdan. Bizni o'n yil yig'latdi-ku. Boshqasini deb oilasidan kechib ketdi-ku. Axir zino og'ir xatodeya bidirlar edingku.
-Nafaqat xato, balki gunoh ham. Lekin dadamiz pushaymonlar, endi xato qilmaydilar. Opa aql bilan ish qilaylik. Otang tentak bo'lsa, bog'lab boq degan naql bor. Otadan voz kechilmaydi opa.
-Bas qillaring! Nimalardeyapsanlar? Yig'ishtiro'zingni ikkalang ham.Ko'zim ko'rmasin ikkalangni ham. -zinada shok holatida o'tirgan Soxiba opa o'ziga kelib baqirdi. Qizlar esa angrayib qolishdi.
-Nega keldingiz? Xotinchangiz haydab yubordimi? Aftiz qursin iloyo, o'lgunimcha ikki qo'lim yoqangizda bo'ladi. Qizlar odam bo'lib qoldi-da a? Keting! Keting dedim! -u nafratla baqirardi.
-Men pushaymonman. Ming pushaymonman Soxiba. Qanchalar azob chekkanimni o'zim bilaman. Vijdon azobi umrimni g'urbatga ko'mdi. Kechiringlar meni, ayblarimni yuvishga izn beringlar... -U gapini tugatmasdan Anora dadasini quchoqlab oldi.
-Oyijon, Olloh kechirimli bandalarni sevadi. Axir Ollohim"Niso" surasining 3-oyatida "Sizlar uchun nikohi halol bo'lgan ayollarga ikkita, uchta, to'rttadan uylanaveringlar..." degan-ku. -dedi multillab.
-Yo'g'e, birinchisini 3tanorasida qizi bilan tashlab ketib, ikkinchisiga uylan deganmi? -qaxr bilan baqirdi ona.
-Yo'q, agar ular o'rtasida adolat o'rnata olsangiz...-Anora gapini tugata olmadi. Uning gaplari, bilimlari hozir ortiqcha edi. Hech kimga yoqmasdi. Hamma o'zi uchun haqedi. Ularning ko'zini nafrat, g'azab, qasos o'ti ko'r qilgandi, quloqlarni esa kar.
-Anora, agar yana bir og'iz so'z desang, agaryana shu xiyonatkorni tarafini olsang, agar yana shu nafsining quli bo'lgan beburt otangni kechirishimni so'rasang, bergan oq sutimga rozi emasman! -ona yig'labyubordi.
Anoraning esa yuragiga nimadur sanchilgandek bo'ldi. Hungrab yig'lagancha xonasiga yugurdi. Soxiba opa esa ortidanbaqirib qoldi:
-Qo'yib bersang kerak vaqti tashlab ketgan otasi deb ming azob bilan katta qilgan onadan kechishdan tap tortmaydi.
-Uni qiynama Soxiba. Meni kechiringlar...ruxsat ber yoningizda qolay, ayblarimni yuvay. Qolgan umrimni ham vijdon azobida o'tkazishni istamayman. -Fozil aka yig'lardi. Alam, azob, afsus bilan achchiq-achchiq yig'lardi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1