Oqqush misol uchgan orzularim:
Qachon o'z makoni tomon yetadi?
Oqqush ovoziday nidolarim,
Qachon yor qulog'iga yetadi?
Naqadar chiroyli manzara... Ko'zni
quvontirib, aqlni shoshiradi-ya!
Huddi bir-birini ohista quvib
ketayotgan oppoq va beg'ubor bir
juft bulutga o'xshaydi, bular.
Ko'zing tushadiyu, lekin undan
uzoqlashging kelmaydi. Naqadar
pok ularning harakatlari. Mehri-chi?
Ba'zan bunday mehr insonlarda
borligiga shubha uyg'onadi. To'g'ri-
da! Qarang: o'zlariga qolsa butun
umr shunday yashashsa...
Inson ham shunday
yaratilmaganda! Afsus...
Oqqush sevgisi... U shu darajada
kuchli bo'lar ekanki, o'z juftidan
ayrilgach, o'ylab o'tirmay o'zini-o'zi
qurbon qilarkan . . .
Juda qiziq-da!
Agar shunday sevgi insonda
mavjud bo'lganida, o'z yori uchun
o'lganida, balki, dunyoni oqqushday
pok tuyg'uli qalblar egallagan
bo'lardi.
Kamina ham hayron... Chunki
xayollar tizgini orasida, o'sha - ha
o'sha oqqush timsolida xayoliga
kirib kelgan muhabbati, yana va
doim orzularini butkul o'ziniki qilib
olgan. Na qilsin? Oqqush ham anoyi
emas! U tiniq suvni tanlaydi. Ha!
O'sha tiniq suv uning endigina atak-
chechak qilib yura boshlagan
qalbidir. Shunday shu oqqush bilan
yashamog'i, uning tushlariga kirardi.
Hatto birga uchardi. Hozir esa o'sha
uchishni ham, suzishni ham keragi
yo'q ... !!! Sababi oqqush o'z
manzilida orom olmoqda. O'sha
oqqush yetaklab kelgan baxt shirin
uyquda. Men esa bedor...
Oqqush-oqqush ... Ko'zga tashlanadi.
Hozirni o'zida sehrgar paydo
bo'lsayu tilak so'rasa: shunda u:
oqqushga aylansa va sevgilisining
yuragi bo'lmish, tiniq buloqday pok
hovuziga qo'nsa ... Eh! Xayollar
ko'p ...
Baribir oqqush inson bo'lolmasa-
da, inson oqqushday pok deya
ta'riflashadi...
Qarang, bularni bir-biriga
to'ymaydiya...
Nogahon qayerdandir bir ninachi
keldi. Aftidan cho'chib ketdimi, Layli
oqqush pir etgancha samoga bir on
yuzlandi-yu o'sha tomonga uchib
ketdi! Bechora Majnuni bo'lmish
oqqush ya'ni oshiq-qush: Sen hali
shoshmay tur, degancha ortidan
qanot yozdi...
Uch-uch oqqushim, bir umr
yoringni yolg'izlatma! Senga baxt
tilayman ... !!!
Madina Nasriddinova
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7
Ayniqsa, oqqushni yoridan ayrilgan o'z jonini qurbon qilishi, oqqushlarni sadoqati qanchalar yuksak ekanini namoyish etadi.
Mana shunday, yorqin ijod namunalarini kutib qolamiz!