qazo qasidasi nomli sherini xavola etaman
QAZO QASIDASI
Bismillahir Rohmanir Rohim!
Bu qog‘ozga to‘kilgan ohim.
Dunyo azal tomoshaxona,
Qazo damlar shundan nishona.
Asta-sekin chiroq o‘chadi,
Qismat tomoshaga ko‘chadi.
Qazo kelsa so‘ramas ruhsat,
Yetibdi-da bizga ham fursat.
Tomog‘imga to‘lgan g‘arg‘ara,
To‘rga tushib qolgan qarqara.
Qo‘rqitmagin meni, Ilohim!
Irg‘itmagin meni, Ilohim!
Farishtangga qo‘ygin tayinlab-
Haqlaringni olsin mayinlab.
Ko‘chir meni sakarotinda,
Uchir meni sahar otinda.
“La ilaha illalloh...”ingda,
O‘tib, yana turay rohingda.
Salom senga, qazo farishta-
Vazifangni qilgil sarishta!
Yaratgandan Rahmat olib kel!
Rahmat to‘la rihlat olib kel!
Kulib ruhi ravonimni ol,
Jon yo‘liga iymonimni sol.
Lablarimda so‘lib harorat,
Tomchi suvga qolmas zarurat.
Oson ko‘char so‘nggi nafasim,
Tinchib qolar ko‘krak qafasim.
Biyron tilim qayrilib ketar,
Ikki dunyo ayrilib ketar.
Ko‘z gavharim oqib tushadi,
Olguvchimga yoqib tushadi.
Ruh qafasdan ko‘kka ko‘chadi,
Borlik yo‘qlik suvin ichadi.
Tomirlarda asta qotib qon,
Hojasiga ko‘tarilar jon.
Qaylardasiz huru malagim,
Tindi mening charxpalagim.
Lablarimda sirli tabassum,
Boshlanadi beshinchi mavsum...
Men qafasdan bo‘lganda ozod,
Atrofimda ko‘tarilar dod...
Mahramlarim jag‘imni tang‘ib,
Qaylargadir chopishar gangib.
Yana, kimdir uzr-ma’zurlab,
Ko‘zlarimni yumar majburlab.
Xabarlatib yoru do‘stlarim,
Hisoblashar kamu ko‘stlarim.
Tan mahridan kechgan malikam,
Kamchiligim qiladi bekam.
Kel, malagim o‘tingni muzlat,
Mahshargacha mehringni tuzlat...
Bu dunyodan o‘chganda uning,
Ayollarga qolarkan kuning...
Munglashadi ojizalarim,
Mening yolg‘on mo‘‘jizalarim...
Uzoq-yaqin kelar vidoga,
Bu qismat teng shohu gadoga.
***
Gulim sen ham kelibsan yetib,
Muhabbatim dasturxon etib.
Endi seni qandoq ovutsam,
O‘z ishqimdan o‘zim sovutsam?
Qo‘rqma birov tanimas bunda,
Duolar qil sog‘ingan tunda...
***
G‘assol kirib chiqar ayollar,
Haqiqatga ko‘char xayollar...
Iliq suvdan jinjikar tanim,
Qayda qolding rohatim manim?..
Ajib ko‘ylak kiydiradilar,
Atir sepib “kuydiradilar”...
Qopchigimni tugib qo‘yishar,
Bir chekkaga yig‘ib qo‘yishar...
Bir fursatga yolg‘iz qolaman,
Yig‘ilardan orom olaman.
***
Yana xayol to‘zib ketadi,
Shoirligim qo‘zib ketadi:
“Qaylardasiz talashgan qizlar,
She’rlarimni yalashgan qizlar?
Biz safarga shaylanib qoldik,
Oq she’rlarga aylanib oldik...
O‘qib oson tushunarsizlar,
Bizga duo oshinarsizlar...”
***
Eshitilib azon ovozi,
Boshlanadi peshin namozi.
Menga nasib etmas ibodat,
Qiyomatga qoldi tahorat...
Xabar kelar: “Joyi bitdi!” - deb,
Yig‘ilarga berishadi zeb.
Qaramasdan naslu zotimga,
Mindirishar yog‘och otimga.
Masjidlarda bo‘lib ovoza,
O‘qiladi qutlug‘ janoza.
Qarzlarimni uzguvchi bolam!..
Ham tinchimni buzguvchi bolam!..
Birov to‘lib duo o‘qiydi...
Birov kulib riyo to‘qiydi...
Qazo damlar haqdan so‘ylanar,
Bir kun o‘tmay naqddan so‘ylanar...
Ko‘tarishar yelkaliklarim,
Eng oxirgi erkaliklarim...
Chuvillashib qolar qizlarim,
Ketyapmanu qolmas izlarim...
Yog‘och otda rohat ne qilar,
Yog‘ochga otga minganlar bilar?..
El shoshirgan mozorim qayda?
Xaridor naqd bozorim qayda?
Ko‘p o‘ylagan o‘yimga yetdim,
Bo‘ylamagan uyimga yetdim.
Qabristonda sokin tantana,
Boshlanadi yangi bir sana...
Yangi uyga ko‘chishim yalang,
Qanotim yo‘q – uchishim qarang...
Rahmat, yana, shuncha yil kutdi,
Sog‘inganda – yamlamay yutdi...
Yonboshimga tuproq surishib,
Qibla tomon qo‘yar burishib.
Birozgina cho‘chib qo‘yishar,
Jilovimni yechib qo‘yishar...
Qolguvchiga vido aytishib,
O‘lguvchilar chiqar qaytishib...
***
Ruhim Ko‘kdan qarab turadi,
Ruhlar qutlab o‘rab turadi...
Kelayotgan Onam albatta?!
Kulayotgan Otam albatta?!
Jo‘ralarim qo‘lim qisishar,
Raqiblarin yo‘lin to‘sishar.
Farzandalarim ko‘zlarida nam...
Ba’zilarni eslolmayman ham...
Hijolatdan boqaman yerga:
Go‘rkov rosa tushibdi terga.
Pardoz ishi tugab nihoyat,
Boshlanadi muqaddas oyat.
Bobolardan qolgan bu odat-
Tangrim, O‘zing qilgil hidoyat!..
Ona zamin bag‘ri shishadi,
Kelganlar jim tarqalishadi...
Yuqorida tomosha tamom,
Tor kulbamda g‘aroyib oqshom...
Topilmaydi biron yostiqcha,
Yarim kunda bo‘ldim ortiqcha...
Mezbon o‘zim mehmonim o‘zim,
Dehqon o‘zim xirmonim o‘zim...
Kimga aytay: "Yomon yotdim" - deb?
Kimga aytay: "Sovuq qotdim" - deb?
Holatimdan bir fursat oshna,
Boshlanadi yangi tomosha:
Qumursqalar boshlaydi ishin,
Ilon, chayon shaylaydi nishin.
Qibladan ko‘z uzmay qolaman,
Nur kirganin sezmay qolaman.
Biyron tilim qayrilib qolar,
Haq botildan ayrilib olar.
Bidirlaydi tilim o‘zicha,
Shivirlaydi dilim o‘zicha.
Munkar Nakir boshlaydi so‘roq,
Ko‘z ochadi yangi bir buloq...
U boshlaydi hisobotdan so‘z,
Men boshlayman muhabbatdan bo‘z...
"Kutgil! - deyman, Qiyomatgacha?"
"Tutgum! - deydi, Qiyomatgacha!"
Savol aniq - javobi gumon,
Hayriyatki, Olloh mehribon!
Bir yarim oy...uch...olti oyli...
Bir-biridan biram chiroyli.
Go‘daklarim kelar yetishib,
Hadislardan qalqon etishib...
Yalinishar Munkar Nakirga -
"Rahm qil! - deb, ota faqirga..."
Yana Olloh, Olloh mehribon,
Beriladi bandaga imkon.
Munkar Nakir ko‘nib sabrga,
Asta chiqar yangi qabrga...
Farzandlarim uchishar birdan,
Lol qolaman bu ajib sirdan.
***
Pok hadislar bo‘lsa-da qalqon,
Qalqon ichra armon va armon.
Namozlarim qazosi qiynar,
Do‘stning yolg‘on rizosi qiynar.
Yana qabrim toshlari qiynar,
Farzandlarim yoshlari qiynar...
Tundan kunning farqini bilmay,
Qismatining narxini bilmay.
O‘z-o‘zimga to‘qib rivoyat,
O‘z-o‘zimdan o‘qib shikoyat,
Oyu kunlar yilga o‘rganar,
Ilonlarim tilga o‘rganar...
Jismi zorim teshilib bitar,
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1