Bu sog’inchli azobimni qanday qondiray.
Izlab qoldi ko’zlarim diydoringizni,
Otajonim endi sizni qaylardan topay.
Mayus ko’zim ko’zlarizga to’ymayin qoldi,
Shirin so’zim tillarimdan chiqmayin qoldi.
Go’dak kabi murg’ak jonim tashlab kettizmi,
Otajonim endi sizni qaylardan topay.
Ey do’stlarim Ota nomi buyuk so’z ekan,
Kimda Ota bo’lsa uning baxti but ekan.
Menda endi ushalmagan tilak shu ekan,
Otajonim endi sizni qaylardan topay.
Besh farzandning suyangani tog’i edingiz,
Guldek nozik nabiralar bog’i edingiz.
To’yimgacha yana besh yil kutmay kettingiz,
Otajonim endi sizni qaylardan topay.
Huvillagan yuragimni qanday to’ldiray,
Bu armonli sog’inchimni qanday qondiray.
Qabringizni bugun borib ziyorat qilay,
Otajonim sizga huzur-xalovat so’ray..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев