”, "Nima qilayapman?”, "Nimaga loyiqman?” degan savollarni berib ko‘rganmisiz? Bu savollarga javobni aniq bera olsangiz, Sizni yetarlicha o‘ziga ishonuvchan deyish mumkin, agar javob berishga qiynalsangiz, demak sizda o‘ziga ishonmaslik muammosi bor.
O‘ziga ishonish, loyiqlik hissi, g‘urur — bularning bari o‘zini anglash va o‘zini baholay olish deganidir.
O‘ziga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini qanday mustahkamlash kerak?
Nimadan boshlash kerak?
Rostgo‘ylikdan boshlang, atrofga turli qolipga solingan tasavvurlardan qochib, vijdon, haqiqat ko‘zi bilan qarang. Kim kimga samimiy kulyapti, kim soxta? "Shunday qilish kerak va hamma shunday qiladi”, deb kim nimalar qilmoqda? Aslida qanday bo‘lishi kerak? Bulardan haqiqatni izlab ko‘ring.
So‘rang va eshiting
Biror ishdan so‘ng ishonchsizlik yoki ikkilanish yuzaga kelsa, boshqalardan bu boradagi fikrini, maslahat va takliflarini so‘rashdan cho‘chimang. Barini to‘plab, tahlil qiling. Atrofdagilar fikri o‘zlikni yanada yaxshiroq anglashga foyda beradi. Ba’zan tanqidiy fikrlarni ham eshitishni, to‘g‘ri xulosa chiqarishni ham bilish kerak.
Men qahramonman!
Hayotda kimga havas qilasiz, kimni qahramon deb bilasiz? Xoh qaysidir mashhur multqahramon bo‘lsin, xoh film, asar qahramoni, ularning obrazini tasavvuringizga muhrlab oling, ular qanday xatti-harakatda, odatlari, so‘zlashishi qanaqa — hammasini kuzating. Uyqudan avval U haqida o‘ylab yoting, ertalab U bo‘lib uyg‘oning, qarabsizki, Siz Unga aylanasiz.
Va yana…
O‘ziga ishongan odamlar bilan muloqot qilish ham maroqli va foydali. Suhbatdan so‘ng, o‘zingizni ulardek qat’iy, kuchli his hilasiz.
Tan olish, iqror bo‘lish – qalb "vitamin”i deyish mumkin. Siz harakat qilayotganingiz va o‘sayotganingizni his qilishingiz lozim. O‘zingizni qanchalik yaxshi yoki yomon ekanligingizni taqqoslashga urinmang, aksincha, kamchiliklarni tuzatishga, to‘ldirishga intiling.
O‘zingiz bilan do‘stlashing
Yuqorida keltirilgan barcha usullarni birma-bir tahlil qilib, amaliyot+harakat=omad formulasi bo‘yicha harakatingizni bugundan boshlang.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев