23-aprel kuni Amerikaning CareerCast Internet portali e’lon qilgan reytingda gazeta jurnalisti dunyodagi eng yomon kasb deb topilgan. Bu haqda Lenta.Ru nashri xabar beradi.
Gazeta jurnalistlarining doim stress holatida ishlashi, oylik maoshlarining pastligi va har qanday vaqtda ham ma’lumot topishga majburliklari bois ular kasblar reytingining eng quyi pog‘onasidan joy oldi. Mazkur kasbga salbiy ta’sir qilgan yana bir omil — bu dunyoda kechayotgan gazeta sanoati inqirozi hisoblanadi. Bugungi kunda jahon bo‘yicha gazetalar adadining kamayishi, bosma OAV soning qisqarishi va ko‘pchilik tahririyatlarning inqirozga uchrachi holatlari kuzatilmoqda.
Masalaning yana bir jihati shundaki, Internet-jurnalistikaning shakllanishi va uning shiddat bilan jivojlanishi ham bosma ommaviy axborot vositalari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
CareerCast tomonidan e’lon qilingan reytingda jami 200 ta kasbga baho beriladi. Reyting bo‘yicha eng “yaxshi kasb”lar uchligidan sug‘urta xizmati va meditsina xodimlari, kompyuter dasturchilari o‘rin olgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев