Ona yig'ladi Farzandining bemexr ekanligidan, balki otasi bo'lganida bunchalik bemexr bo'lib o'smagan bo'larmidi... Kelinining narsalarni uvol qilayotganini o'gliga aytib o'g'lidan qattiq gap eshitdi.. Exx o'g'lim qani edi bu uvollikni xam u dunyoda javobi borligini bilsayding. ona qalban o'g'liga nimalardir dedi...Ertasi kuni o'g'il onasi bilan xayrlashmay ishga ketdi.. Bu uning arazlagani bo'lsa kerak. Ona yana yig'ladi.Unsiz yig'ladi... Kelin esa Choyni xam ta'na bilan beradi, ovqatni xam... Ona qayerlargadir ketmoqni istaydi.. Ammo yaxshiki baxtiga shiringina nevarasi ASAL bor. u doim buvisini yonini oladi.. O'sha kuni o'g'li ishdan kech qaytdi... Ona uxlamadi o'g'lini kutdi.. Kelin qizi bilan uxlab yotibdi. Ona o'g'lim och qolmasin deya ovqatini tayyorlab qo'ydi. O'g'li keldi. Ona xali xam uxlamadizmi? kirib uxlang, men ovqat yemiman deya xonasiga kirib ketdi. O'g'lining bu muomalasidan onaning ko'ngli biroz ranjidi.. Tonggacha uxlay olmadi ona.. Ertasi kuni xam o'g'il onasiga xayr demadi, duosini olmadi... O'g'il o'sha kuni uyga erta qaytdi, va uyida onasiga nisbatan noxaqlik qilayotgan ayolini ko'rdi. Ayol Qaynonaga baqirar, Siz xonezda o'tiring, men o'zim xammasini epliman, qachon qarasa ishimga aralashganiz aralashgan,Ona ko'zida yosh ila xonasiga kirib ketdi. Kelin ortidan(( Shum kampir o'lmadi men qutulmadim,)) deya ortidan ming'irladi.
Onaizor yana yig'ladi. Taqdiridan kuyib yig'ladi.. Buni ko'rgan farzand Ayoliga bir shapaloq urib yubordi, Ko'zlarida yosh ila onasi xaqida o'yladi, Ex men axmoq, onamni dilini og'ritibman, onam meni kutib ko'zlari mushtoq bo'lsa parvo qilmay o'z onamdan arazlabmana. Onasining yoniga otilib kirgan o'g'il, onaning poyiga bosh urdi. Ona kechiring, Men nodon o'g'lingizni kechiring. Ona o'g'lini bag'riga bosib yig'ladi, bu safar uning ko'zlaridagi yosh Quvonch yoshlari edi....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев