Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske JCh-2014da Viktor Valdesning o'rnini egallaydigan darvozabon nomini ma'lum qildi.
«Valdes bilan bunday holat yuzaga kelgani achinarli. U terma jamoaning muhim bo'lagi edi. Yaxshi o'ynardi, qachon va qaerda nima qilishni yaxshi bilardi. Jarohat esa yo'q joydan yuzaga keldi.
JChda terma jamoaning uchinchi darvozaboni kim bo'lishi haqida tasavvurlarim bor. Lekin hozircha nomzodlar nomini aytmayman. Boisi, ular ham jarohat olib qolishlari mumkin. Buni faqat kerakli paytda ma'lum qilsam, to'g'ri ish bo'ladi. Tarkiblarni e'lon qilishgacha 7 hafta vaqt qolmoqda. Hamma narsa bo'lishi mumkin.
Albatta, men de Xea haqida o'yladim. U nomzodlardan biri. Umuman olganda, u avval ham terma jamoadan taklif olgan», – deydi Del Boske.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» darvozaboni Valdes tizzasidan jarohat oldi va operatsiya qilindi. U 7 oy davomida maydonga tusha olmaydi.
Goal.com internet portalining xabar berishicha agarda Devid Moyes ushbu mavsum yakunlanganidan so'ng jamoadan bo'shatilsa, Ser Aleks Fergyuson bu qarorga qarshi chiqa olmas ekan.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев