Предыдущая публикация
Mustaqillik to'yinga,
Ostonanga, uyinga,
Bosh egamiz poyinga!
Vatanfurush, xoinga-
Saboq berib qo'y askar.
Jaloliddin mangudir,
Farhod, Tohir mard shudir.
Navoiy yaratgandir...
Boburni o'zing qidir,
Amir Temur bo'l askar.
Ipak, paxta ustimiz,
Shukur, yo'q kam-ko'stimiz.
Posbonimiz, do'stimiz-
Buzilmasin po'stimiz,
Sergak tortib tur askar.
Yovuz urug' sochmasin,
Qutulmasin, qochmasin,
Yurting zardob ichmasin!
Bir qanotda uchmasin-
Qanot bo'lib ber askar.
Ushalmagan xayollar,
To'marisdek ayollar,
Botirlar, avliyolar,
Qo'llasin seni askar!
Alloh bo'lsin Madadkor!
Ona poyiga gullar,
Bog'larida bulbullar,
Ozod qo'shig'in kuylar.
Elimdan chiqmas qullar-
Rahmat senga jon askar!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев