*Eng yuqumli kasallik “vabo” nomini olgan yengil o‘latdir. U sabab butun jahonda 75 millionga yaqin inson dunyodan ko‘z yumgan. XIV asr o‘rtalarida bu kasallik tufayli Yevropaning chorak qismi tutday to‘kilgan.
*Eng baland tana harorati 1980 yil 10 iyulda AQSHning Atlanta shahrida 52 yoshli Uilli Jonsda kuzatilgan. Uning temperaturasi to‘ppa-to‘g‘ri 46,5° S edi. Bemorga 24 kundan keyin javob berilgan.
*Eng past tana harorati 1994 yil 23 fevralda Kanadada Karl va Kozolofski oilasida kuzatilgan. Ularning ikki yashar qizaloqlari muzlatgichda tasodifan 6 soat (!) qolib ketadi. Bechoraning temperaturasi bor-yo‘g‘i 14,2° S edi.
*Amerikalik Charlz Yensen 1954 – 1994 yillar oralig‘ida 970 marta operatsiya stoliga yotqizilgan.
*Eng uzoq davom etgan operatsiya 1951 yilda o‘tkazilgan, u 96 soatga cho‘zilgan.
*Aniqlanishicha, Yerning og‘irligi har yili uning sirtiga tushuvchi meteorit hisobiga 30000 tonnaga ortib boradi.
*Sayyoramizdagi eng baland cho‘qqi Himolay tog‘laridagi Jamolungma (Everest) ekanini ko‘pchilik yaxshi biladi. Lekin sun’iy yo‘ldosh orqali o‘tkazilgan oxirgi o‘lchovlar Pokistonning Chagorn tog‘idagi cho‘qqilar 8858 – 8908 metr balandlikda joylashganini ko‘rsatdi. Yana bir munozarali masala bor. Yer markazidan eng olisda joylashgan cho‘qqi And tog‘laridagi Chimborazo (Peru) dir. Uning balandligi 6267 metrni tashkil etadi. U Yer markazidan Jamolungma (Everest)ga qaraganda 250 metr uzoqroqda joylashgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев