Monolog yigitning qizga atalgan dil so'zlari
Salom mening uzoqdagi yaqinim, sirdoshim, qalbimning qaynoq
ifori, ko`nglim osmonining yorqin yulduzi.Mana bugungi
kun.Bugun yana har doimgidek sog`inchli ko`zlarim senga
talpinmoqda va albatta seni ko`rishga mushtoq.Mana bir necha
kundirki yuragim seni sog`inadi.Sening bu dunyoda yo`qligingni
eslaganimda qalbimdagi sog`inch oshib-toshib boradi.Mana yana
o`sha yo`l va bu yo`l oxirida eski manzil o`sha ma`yus QABRISTON
va sening g`amgin ko`zlaring, o`ziga gard yetkazmagan jasading
yotgan qabr.Sen qayerda bo`lishingdan qat`i nazar men seni
sevib qolaveraman.Meni unutishsa seni eslayman!Hayot mendan
yuz o`girsa sening menga nimalarnidir so`zlamoqchi-yu ammo
jim boqib turgan suratingga termulaman.Shuningdek meni
qanchalik majburlashmasin seni unutmayman.Sen ham meni
unutma!!!
Chunki bahorda ilk ochilgan binafsha, suvning sharqirashi, daraxt
barglarining shivirlashi menga seni eslatadi.Sening noming
takrorlaydi go`yo.Agar seni eslagan har soniyam uchun tiyin
to`lashsa ham dunyoda mendan boy inson bo`lmas edi.Sendan
judo bo`lgan kunimni eslar ekanman bu foniy dunyoga bo`lgan
muhabbatim tobora so`nib boraveradi.
Yagona tilagim ALLOH TAOLO u dunyoda bizni ayirmasin!!!
Mana ushbu jimjitlar saroyidan chiqar ekanman seni yana sog`ina
boshlayapman.Yo`q men seni sog`inmayman.Chunki unutilgan
kishilarni sog`inishadi.Sen esa har doim mening qalbim qo`ridan
o`rin egallab kelgansan va shunday bo`lib qolaverasan.Sen men
uchun doimo tiriksan zero sen mening yuragimda
yashamoqdasan va o`sha kuch ila men ham tirikman ammo meni
kutgin.Kundan-kunga senga yaqinlashyotganligimni
sezyapman.Ammo xayrlashishga holim yo`q meni kechir.
~~~ JONIM BIZ ALBATTA BIRGA BO`LAMIZ ~~~•
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев