Eng so'nggilar safida bo'lib.
So'zlarimni guldasta bilib,
Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
Quvonaman juda judayam,
Quvonchizdan quvonar olam.
Garchi gullar tutolmasam ham,
Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
Bu sherni mehrimni parchasi dedim,
Har bir misrasini sizga atadim.
Tabriklayman mehribonimi
Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
Sizga tilaklari hali ko'p bisyor,
Baxtingiz gullasin go'yoki bahor.
Ko'nglizda qolmasin zarracha g'ubor,
Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
Bu balki siz uchun katta sovg'amas,
Balki bu umuman sovg'a ham emas.
Bilaman baribir bundan quvonas,
Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰
Tavallud ayyomiz bilan muborakbod etaman! Xayotiz nurlarga, quvonchli kunlarga to‘lsin! Xayolizdagi shaxzodez oq otida guldastalar bilan yuzida tabassum bilan kirib kelsin!Aslo ko‘zlari nam ko‘rmasin! Kelgusi xayotizdagi baxtiyorlik laxzalari xech qachon tugamasin! Xayotdan zavqlanib yashash doimiy shiorizga aylansin! Tug‘ilgan kuniz muborak bo‘lsin!
Ushbu ajoyib kunda sizni o‘zim va boshqa barcha dugonalarim nomidan qizg‘in muborakbod etaman! Xayolizdagi barcha niyat-maqsadlariz xaqiqatga aylansin! Xech qachon g‘am-tashvish xayot yo‘llaringizga qora soyasini solmasin! Omad va quvonch kabi xis-tuyg‘ular sizdan begona bo‘lmasin! Xayotdagi yo‘ldoshiz umrbod siz bilan yonma-yon yursin! Bir umr barcha sizga yaqin bo‘lgan insonlar qalblarining to‘ridan joy olish baxti nasib etsin! Tug‘ilgan kuniz muborak bo‘lsin, dugonajon!🥹🥹🥹🥹🥰
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 65
Bu qiz rossa tug'ilarkan ddizmi