Yolgʻondan iborat soʻzingiz,
Hasad-la boqadi koʻzingiz,
Bittamas, bir nechta yuzingiz,
Bunchalar soxtasiz, odamlar...
Pul boʻlsa kelishar qoshimga,
Sherikdir yegan non, oshimga,
Ketishar, gʻam kelsa boshimga,
Bunchalar soxtasiz, odamlar...
Nafsni deb orani buzganlar,
Ming turli rejalar tuzganlar,
Oqibat rishtasin uzganlar,
Bunchalar soxtasiz, odamlar...
Hamisha foydangiz koʻzlaysiz,
Xoʻp yolgʻon vaʼdalar so'zlaysiz,
Izimdan mish-mishlar izlaysiz,
Bunchalar soxtasiz, odamlar...
Sevgidan soʻzlasam bir bora,
Endi hech sevmasman takrora,
Gul yuzli va lekin makkora,
Bunchalar soxtasiz, odamlar...
Madinani yomon deb bilishgan,
Sodda bir koʻnglimni tilishgan,
Ortimdan dushmanlik qilishgan,
Bunchalar soxtasiz, odamlar...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев