Qizlarni ko'rib lichkasiga o'tib ketar,
Bitta qizni bir kungina sevib ketar,
Quloĝiga lag'monlarni ilib ketar,
Vertualda oshiq bo'lgan oshiqchalar.
Sevaman deb tinmas aslo tilchalari,
Yolg'onlardan iboratdur har onlari,
Juda ko'pdir ko'ngillarin ko'chalari,
Vertualda oshiq bo'lgan oshiqchalar.
Qizlar sizga o'yin bo'lib qoldimkan,
Yoki aldab ko'nglari to'ldmikan,
Bazilarni bag'ri balki toshdanmikan,
Vertualda oshiq bo'lgan oshiqchalar.
Bittasini ko'zlarini maqtaydilar,
Boshqasini so'zlarini maqtaydilar,
O'zlari ham negaligin bilmaydilar,
Vertualda oshiq bo'lgan oshiqchalar.
Sal telbaroq desamikan bundaylarin,
Bazan chin-u, bazan soxtà kulgularin,
Xatto o'zin bilmas dilda tuyg'ularin,
Vartualda oshiq bo'lgan oshiqchalar.
Bazilari sadoqatdan ichar qasam,
Bazilarin ko'nglida ko'pdur alam,
O'yin bilar bazan o'sha yurakni ham,
Vertualda oshiq bo'lgan oshiqchalar.
Vijdoningiz sotmang bo'ldi vertualda,
Soxta mehr nega kerak vertualda,
Chin muhabbat bo'lsin do'stim bu yurakda.
Vertualda oshiq bo'lmang vertualdа
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1