Sous uchun:
50 gr saryogʻ
1 osh qoshiq tamat
1 ta chesnok
1 ta pomidor
100 gr suv
Tabga koʻra tuz, shakar
Hamir uchun:
200 ml sut
390 gr un
1 osh qoshiq droja
1 osh qoshiq shakar
50 gr oʻsimlil yogʻi
1 ta tuxum
Tabga koʻra tuz
8 dona sosiska
100 gr kolbasa
200 gr yaxshi eriydigan sir
🔺Tayyorlanishi:
Tovaga saryogʻ solib, tamat, maydalangan chesnok, poʻsti artib toʻgʻralgan pomidor solib aralashtirib tabga koʻra tuz va suv solib past olovda qaynatamiz.
Iliq sutga droja, shakar,oʻsimlik yogʻi, tuxum, tabga koʻra tuz solib aralashtirib, un solib hamir qoramiz.
Hamirimizni oshirishga qoʻyamiz.
Oshgan hamirimizni yoyib chetlariga sosiskani joylab bukip chiqamiz. Chetlarini kesib videoda koʻrsatilgandek kesib aylantirib chiqamiz.
Oʻrtasiga sous surtib qirgʻichdan chiqarilgan sir sepip kolbasalarni joylab chiqamiz.
Hamir chetlariga tuxum sarigʻini surtib 190* ga 20-25 daqiqaga pishirish uchun yuboramiz.
Eng mazzali pitsa retsepti tayyor
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев