Tilim lol so'zlashga topilmas so'zlar ,
Tunlari uxlamay qizargan ko'zlar ,
Uydagi ayoli qolib o'zga yor izlar ,
Internetda to'lib ketti gunohkor ko'zlar .
Ayolni - ku erkakdan farqi qolmadi ,
Ona degan sharafni oqlay olmadi ,
Farzandlari uchun vaqt topolmadi ,
Internetda to'lib ketti ibosiz qizlar .
O'yin qilib o'ynalmoqda turli hayotlar ,
Kim o'zarga o'ynaydi bir birin motlar ,
O'zlaridan yasab olgan go'yo jallodlar ,
Internetda to'lib ketti fisqu fasodlar .
Tuxmat balosiga yo'liqib kimdur ,
Obro'si to'kilmoqda maqsadi puldur ,
Mubtalo boʻlganlar go'yoki quldur ,
Internetda to'lib ketti soxta odamlar .
O'ylab ham o'tirmas onasin so'kar ,
Bechora qizlarning yoshlarin to'kar ,
Yigitchilik deya bo'kkuncha ichar ,
Internetda to'lib ketti iymoni pastlar .
Bir savol qiynaydi kechayu kunduz ,
Kimlarga ishonib qaro bo'ldi yuz ,
Ayolin qizg'onmas erkaklar dayus ,
Internetda to'lib ketti orsiz erkaklar .
Ayting qul qildimi bizni internet ,
Behayo narsalardan qotib ketti bet ,
Ey odamzod aqling yig' vertualdan ket ,
Internet deb ajralmasin tirnog'idan et .
F . ✍
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев