Biroz tanigach esa, siz boshqacha ekansiz xazilkash, quvnoq ekansiz deyishadi.
Ba'zan esa axmoqlardak ko'rinaman odamlarga, lekin ular bilishmaydiki ba'zi vaziyatlarda o'zni axmoqlardak tutishga majbur bo'ladi kishi. Ko'p ko'z yosh to'kishimni bilganlar esa, sen ojiz va irodasizsan deyishadi.
Ko'p qiyinchiliklarga, adolatsizliklarga chidaganimni guvoxi bo'lganlar esa sabrimga qoyil qolishadi. Doim to'grisini gapir deydiganlar esa, xaqiqatni so'zlaganimda menga ishonmaydilar.
Aslidachi? Aslida men "Hayot" deb atalmish ulkan bir saxnada ro'l o'ynovchi oddiy bir ijrochiman xolos.
Bu saxnadagi ko'rinishlar senariysini esa, "Taqdir" yozadi.
U yozgan senariydan xech kim qocholmaydi. Qayga bormaylik "Taqdir" bizni o'sha yo'l boshida kutib oladi...!
#Qalbim...🥀🥀🥀
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1