Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik! Birga bordik to oʻzlari istaguncha. Chaqalar ham yaraqlaydi, fursat kelib, Mis yuzidan tilla suvi oʻchmaguncha! Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik, Bab-barobar tashlayverdik qadamlarni. Ming yil qadar umid bilan izlab-izlab, To soʻngicha bizga hamroh odamlarni. Biz hech kimni yarim yoʻlda... Bu ne tuxmat? Oʻzingizku oʻzingizga bitgan hukum. Siz tomondan gar kelmasa ishq, muxabbat, Oʻzimizni sevmaymizku sizlar uchun. Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik, Taʼnalarning toshboʻroni teshdi tanni! Bilasizki qozi, hakam, qonuni bor, Koʻngil deya ataluvchi shu vatanni. Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik. Habardormiz qaytar dunyo hikmatidan. Bu yurakda qoʻrquv degan bir tuygʻu bor, Huzurida javob bermoq fursatidan! Shunday ekan dilozorlik bizlarga yot, Bizni vayron qilsalar ham bildirmadik. Oʻrnimizga qaror qilar goho hayot, Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik! Malika Tavfiq
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 1
Birga bordik to oʻzlari istaguncha.
Chaqalar ham yaraqlaydi, fursat kelib,
Mis yuzidan tilla suvi oʻchmaguncha!
Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik,
Bab-barobar tashlayverdik qadamlarni.
Ming yil qadar umid bilan izlab-izlab,
To soʻngicha bizga hamroh odamlarni.
Biz hech kimni yarim yoʻlda...
Bu ne tuxmat?
Oʻzingizku oʻzingizga bitgan hukum.
Siz tomondan gar kelmasa ishq, muxabbat,
Oʻzimizni sevmaymizku sizlar uchun.
Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik,
Taʼnalarning toshboʻroni teshdi tanni!
Bilasizki qozi, hakam, qonuni bor,
Koʻngil deya ataluvchi shu vatanni.
Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik.
Habardormiz qaytar dunyo hikmatidan.
Bu yurakda qoʻrquv degan bir tuygʻu bor,
Huzurida javob bermoq fursatidan!
Shunday ekan dilozorlik bizlarga yot,
Bizni vayron qilsalar ham bildirmadik.
Oʻrnimizga qaror qilar goho hayot,
Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik!
Malika Tavfiq