#Ошиқона
Ko‘ksimda vulqonlar toshdi bu kecha,
Nigohimga singdi oshiqona rang.
Andisha atalmish jandasin yecha,
Aql va yuragim boshladilar jang.
Dengiz mavjlaridek erka, beqaror,
Hislarim masxara qilar o‘zimni.
Seni sog‘inganim botiniy iqror,
Muxtasar aytganda aniq so‘zimni.
Umrim kitobini varaqlab sokin,
Belgi qo‘ydim sen bor sahifalarga.
O‘tgan yillarimning barchasin lokin,
Alishmayman ushbu daqiqalarga.
Kelding!
Aralashib ketdi barchasi,
Moviy ko‘k, oq tonglar va yashil dunyo.
Qalbimga qalbingning o‘tli parchasin,
Joylab olgandayin yonyapman go‘yo.
Men edim, g‘ururim samoviy degan,
Aqlim nega jimsan, bu hol nimasi?
Senga dil berishim qismatim ekan,
Ey Xudoning suygan erka bandasi.
✍ Dilobar Uralova
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев