⚡️Kuchli generalning noʻnoq askarlari boʻlishi mumkin emas! Kompaniyangiz yetakchilar qatoridan joy olishini istasangiz, ishni jamoaga kuchli xodimlarni olib kelishdan boshlang. Mashhur tadbirkorlarning xodim yollash masalasidagi fikrlari qanday?
1️⃣ Bill Geyts kelgusi yillar ichida eng yaxshi xodimlarni oʻzingiz tomonga tortib olish uchun raqobat yanada kuchayishini aytadi. Tadbirkorning fikricha, yaxshi xodimlarga moslashuvchan ish tartibini taklif etibgina ularni yoningizda olib qolish mumkin.
2️⃣ Stiv Jobs kompaniyasi uchun faqat kuchli va bilimli xodimlarni ishga olgan. “Agar bir nechta oʻrtamiyona ishlovchi xodimni kompaniyaga olsangiz, u oʻz jamoasiga oʻziga oʻxshaydigan odamlarni olib keladi. Tez orada ish ortga ketadi”, degan edi u.
3️⃣ Bugungi kunda “SpaceX” kompaniyasida 5 mingta xodim ishlaydi. Ilon Mask ularni ishga olishda har biri bilan shaxsan oʻzi suhbat oʻtkazadi. Shuningdek, ularning oliy maʼlumoti bor yoki yoʻqligiga eʼtibor qaratmaydi.
4️⃣ Oʻzbekistonlik tadbirkor Murod Nazarov esa xodimlarning sonini oshirishni emas, ularga sharoitlar yaratish va maoshlarni oshirishni afzal biladi. “Koʻp ish oʻrnini yaratish sifatsiz, besamar ishlashga olib kelishi mumkin”, deydi tadbirkor.
Kuchli kompaniya asosini kuchli jamoa tashkil qiladi. Bu fikrimizga qoʻshilasizmi?
📈 Jobo uz – sizning qulayligingiz uchun xizmatda!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев