👨💼Xavotir va hayajon... Ishga kirish uchun suhbatga borgan vaqtda ushbu ikki his sizni tinch qoʻymasligi aniq. Toʻxtang! Biroz shoshmang! Siz bu yerga shunchaki ish izlab kelmadingiz. Suhbatdan oʻta olsangiz, ish beruvchi kompaniya rivojiga hissa qoʻshish uchun mehnat qilasiz. Demak, kompaniya sizni ishga olishdan manfaatdor. Oʻzingizga ishoning va ishga kirishamiz!
1️⃣ Omadsizlikka uchrash haqida oʻylamang. “Yoqmay qolsam-chi”, “Meni olishmasa-chi” degan xayolga bormang. Oʻzingizni professionallar kabi tuting va ishonch bilan qadam tashlang.
2️⃣ Birinchi taassurot muhim. Suhbatga jiddiy uslubga xos, oʻta yorqin boʻlmagan libos kiyib boring. Soch turmagingiz, tashqi koʻrinishingiz ham ishga kirish niyatingiz jiddiy ekanligiga urgʻu berib tursin.
3️⃣ Maqsadingizni aniqlab oling. Sizning maqsadingiz faqat ishga kirish emas. Professional xodim ekanligingiz va qobiliyatlaringiz bilan ish beruvchini oʻzingizga qiziqtira oling. Kompaniya uchun koʻp narsa bera olishingizni ularga namoyish eting.
4️⃣ Ishga qiziqish bildiring. Vazifangiz nimalardan iborat boʻlishi haqida soʻrang, avvalgi ish joylaringiz va rahbarlaringizni yomonlay koʻrmang.
5️⃣ Maosh haqida suhbat oxirida soʻrang. Aks holda ish beruvchi asosiy maqsadingiz rivojlanish emas, pul degan xayolga borib qolishi mumkin.
📌 Bugungi kunda Oʻzbekistondagi aksariyat kompaniyalar sizga siz istagandan ham koʻproq imkoniyatlar taqdim etishga qodir. Buning uchun kompaniya sizga nima bera olishi haqida emas, siz kompaniya rivojiga qanday hissa qoʻsha olishingiz haqida oʻylang. Kerakli va jonkuyar xodim har yerda qadrlanadi!
Ushbu masʼuliyatli kunda sizga omad tilaymiz!
Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев