Muhabbat deb sarob to'ldi zor ko'ngilga
Tog' qadrimni sotma deya kuldek arzon
Ketmoqchiman hayotingdan bir umrga
🌿🌹🌿🌹🌿🌹🌿🌹
Alamlarga ko'mding orzu tilagimni
Qarshingda hech sezolmadim keragimni
Olib ishqsiz qolgan bo'm bo'sh yuragimni
Ketmoqchiman hayotingdan bir umrga
🌿🌹🌿🌹🌿🌹🌿🌹
Umrim o'tdi o'zgalarga qilib havas
Senga oshiq yuragimga solding qafas
Qaysar dilni sensizlikka ko'ndirsam bas
Ketmoqchiman hayotingdan bir umrga
🌿🌹🌿🌹🌿🌹🌿🌹
To'lib ketdim dardlarimni ichga yutib
Alamlarim o'tar har dam bag'rim titib
Ortga boqmay Barchasiga qo'l silkitib
Ketmoqchiman hayotingdan bir umrga
🌿🌹🌿🌹🌿🌹🌿🌹
Sevgi deding faqat berding ko'zimga nam
Yuragimni tark etmadi bir lahza g'am
Ketishimni oshkor qilmay o'zimga ham
Ketmoqchiman hayotingdan bir umrga
🌹🌿🌹🌿🌹🌿🌹
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев