RASHKINGDAN AYLANAYIN
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Goʻzallarning sarasi,
Yuragim yagonasi.
Bolalarim onasi,
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Uyga kelsam sal kechroq,
Yoʻlim kutasan mushtoq.
Boshlanar shunda soʻroq.
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Bir zumda koʻzingda nam,
Yomon boʻlar nomim ham.
Sevasanda yomonam,
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Telefonim yoʻlingda,
Qolsa oʻngu soʻlingda.
Zumda boʻlar qoʻlingda,
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Kirasan kodin buzib,
Chiqasan barin koʻrib.
Qoldima yomon qoʻrqib,
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Gap qoʻzgʻatib ataylab,
Yurasan izim poylab.
Kuzatasanda oylab.
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Urish qilib xonima,
Qaynatasan qonima.
Ex oʻzimni jonima.
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Qizgʻonasan toʻymaysan,
Peshonaga yoʻymaysan.
Oʻz holimga qoʻymaysan.
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Olsang tagiga yetib,
Koʻnglimni yarim etib.
Qolasan uyga ketib,
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Sirim sotib onamga,
Yomonlab qaynonamga.
Tanitasan olamga,
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Boshqasi yoʻq bilib qoʻy,
Qulogʻinga ilib qoʻy,
Endi bir bor kulib qoʻy,
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Ishqing oshkor koʻzingdan,
Aytar har bir soʻzingdan.
Qoʻymasine oʻzingdan.
Rashkingdan aylanayin.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев