Axborot texnologiyalarini o’rganish barcha uchun zarurat darajasiga aylanmoqda. Farzandingiz IT sohasini o’zlashtirishni hozirdan boshlashini istasangiz “Cosmos - IT School” aynan siz izlagan joy.
Maktabda darslar qanday bo’ladi?
1 o'quv yili mobaynida IT sohasining barcha yo’nalishlari (kompyuter savodxonligi, raqamli dizayn, 3D loyihalash, dasturlash asoslari) bo’yicha fundamental bilimlar beriladi.
Guruhlar: kichik (1-4 sinf) va katta (5-11 sinf).
🔹 Darslar IT sohasidagi malakali mutaxassis pedagoglar tomonidan olib boriladi.
🔹 O’quvchilar 3 oylik modul so’nggida nazorat imtihonlari topshirib borishadi.
🔹 Google Class platformasida esa fanlar bo’yicha vazifalar nazorat qilinadi.
Bundan tashqari o’quvchilar o’rtasida muntazam musobaqalar, IT sohasidagi yetuk mutaxassislar bilan uchrashuvlar olib boriladi. Farzandingizning IT sohasidagi keyingi faoliyati bo’yicha konsultatsiyalar berib boriladi.
Qanday qilib hujjat topshirish mumkin?
Izohlarda "+" qoldiring va biz sizga qabul shartlari haqida batafsil ma'lumot beramiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев