Jabroil alayhissalom Lut qavmiga azobni boshlashlik uchun chiqdilar. Va qanotlarining bir tarafini ular ustidan bir bor yugizdilar. Shunda ularning barchasi ko’zi ojiz bo’lib qoldi, ya’ni hammasining ko’zi ko’r bo’lib qoldi. Ular ichida ko’radigan bir kishi qolmadi. Bu azobning boshlanishi edi. Ularga va’da qilingan balo tongda kelishi kerak edi. Lut alayhissalom, nima uchun tongni kutayapsizlar, dedilar. Farishtalar, axir tong yaqin emasmi. dedilar va Lutga kechasi, saharga yaqin qishloqni tark qiling, ortingizga qaramang, deb buyurdilar. Lut alayhissalom farishtalar aytganidek, qishloqdan tong otmasdan qizlarini olib chiqib ketdilar. Subh kirib keldi. Allohning amri boshlandi. Jabroil alayhissalom qanotlarining bir uchi bilan qishloqni osmonga ko’tardilar, shu vaqtda hattoki, itlarning xurishini va xo’rozlarning qichqirishini farishtalar eshitdilar, deyiladi. Qishloq ahli osmonga ko’tarildi, bu badbaxt qavm dod-voy, sola boshladi, Allohning balosi osmondan yog’a boshladi. Belgilab qo’yilgan xar bir toshga egasining ismi yozilgan spool toshlar kelib, egasining boshini yanchidi, maydalab tashladi. Qo’rquvdan qotib qoldilar. Jabroil alayhissalom qishloqni teskarisiga og’dardilar va qishloqni yerning tubiga kirgizib tashladi. Uning ustidan Alloh yomg’irni yog’dirdi. Qishloqning o’rni butunlay yo’q bo’lib ketdi va ko’lga aylandi, ya’ni o’lik dengizga aylandi. Bu hozirgi kundagi o’lik dengizdir. Bu O’lik dengiz Izroilda, falastinga yaqin bo’lgan joyda joylashgan, O’lik dengiz deb ataladi. Insonlar bu
dengizning suvi haddan tashqari sho’r bo’lganligi sababli, u yerda hech nima o’smaydi, hech qanaqa baliq ham, tirik mavjudotlar ham yo’q. Shuning uchun ham o’lik dengiz deb nom olgan. Allohning amriga osiy bo’lgan, payg’ambarga qarshi chiqqan, insonlarga zulm qilib, ahloqda buzuqchiliklarga botib ketgan bu qavmning jazosi shu bo’ldi. Ankabut surasi 40-oyatida Alloh Taolo aytadi: “Biz ulardan har birini o’z gunohi bilan ushladik, bas, ularning orasida biz ustiga tosh yog’dirgan kimsalar ham border. Ularning orasida qichqiriq tutib, halok bo’lgan kimsalar ham bordir, ularning orasida biz yer yuttirgan kimsalar ham border. Alloh ularga zulm qilguvchi bo’lmadi, lekin ular o’z jonlariga jabr qilguvchi bo’ldilar”. Alloh ularni inson qilib yaratgan edi, ya’ni qurt-qumursqa, yoki bir hayvon qilib yaratmadi, inson qilib yaratdi. Ne’matlar berdi, ko’z ne’mati, bexisob ne’matlar berdi va rizq berdi. Yaratib, o’zing jannatni topib kirib olgin, demadi. Balki, ogohlantiruvchi, yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytaruvchi elchi ham yubordi, lekin ular esa elchini yolg’onchiga chiqarib, qani azobing, bir ko’raylikchi, deb o’z jonlariga o’zlari zulm qilishdi. Va ularning jazolari shu bo’ldi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2