Alloh Taolo u kishiga yana bir o’g’il ko’rishligi, uning ismi Ishoq bo’lishi va u ham solihlardan, payg’ambarlardan bo’lishligining xushxabari edi. Alloh Subhanahu Taolo Ibrohim alayhissalomga ham, Ishoq alayhissalomga ham baraka berdi. Ularning farzandlaridan payg’ambarlar chiqdi. Ishoq alayhissalom o’zlari yashab o’tgan Falastin va Shom yerlaridagi kan’oniylarga payg’ambar bo’lgan. O’sha vaqtda Falastinda va Shomdagi kan’oniylarga payg’ambar bo’lganlar. Ishoq alayhissalom 40 yoshga yetganda uylandilar va egiz farzandlik bo’ldi. Birinchisining ismini Iis deb qo’ydilar, ikkinchisini Yaqub deb nomlashdi. Yana bir nomlari Isroil deb ham laqablanganlar. Yaqub alayhissalomdan bani Isroil qavmi tarqalgan. Yaqub alayhissalom va Iis ug’aygach, aka-uka o’rtalarida nizo paydo bo’ldi. Shunda onasi bu nizo
kattalashib ketmasin, deb Yaqubni akasi Iisdan uzoqlashtirishga qaror qildi. Va Bobilga, ya’ni Iroqqa tog’alarining oldiga jo’natdilar. Yaqub alayhissalom Bobilga qarab yo’l oldilar va yo’lda dam oldilar. Shu yerda bir bashoratli tush ko’radilar. Uyg’onib o’sha tush ko’rgan yerlarida Alloh uchun bir uy qurishni ahd qiladilar va shu joyga bir toshdan belgi qo’yib ketadilar. Keyinchalik shu belgilagan joyiga Baytul Maqdisni quradilar. Bobilga tog’asinikiga boradi, tog’asiing ismi esa Liaban edi. Yaqub alayhissalom tog’alarinikida uzoq vaqt qolib ketadilar. U yerda tog’asining qo’ylarini boqib yuradilar. Yaqub Liabanning katta qizi Liaga uylanadi. So’ngra ozroq muddat o’tib, kichik qiziga uylanadi. U opasi Liadan ko’ra chiroyliroq bo’lib, ismi Rohil edi. Ularning shariatlarida bu ish joiz bo’lib, bir kishi opa-singilga uylansa bo’laverar edi. Keyinchalik bu narsa xarom qilindi. Katta qiz Lia 6 ta o’g’il tug’ib berdi. Rohil esa juda chiroylik bir o’g’il tug’ib berdi. Unga go’zallikning yarmi berilgan edi. Uning ismi Yusuf edi. Rohil Yusufdan keyin yana o’g’il ko’rdi, uning ismi bin Yamin edi. Va yana joriyadan bo’lgan 4 o’g’illari ham bor edi. Ba’zi rivoyatlarda joriya deyiladi, ba’zi rivoyatlarda joriya emas, xotini ekanligi aytib o’tiladi. Yaqub alayhissalomning barcha farzandlarini jamlaganda 12 ta o’g’il farzandlari bo’lgan ekan. Yusuf va bin Yamin bir onadan bo’lgan tug’ishgan aka-uka edilar, ya’ni Liabanning kichik qizlarining farzandlari edi. Yaqub alayhissalom tog’alari bilan 20 yil qoldilar. Shundan so’ng, bobosining shahriga, Kan’onga, ya’ni Falastinga qaytishga qaror qildilar. Ayollari, farzandlari, butun oilasini olib yo’lga chiqdilar. Yo’lda hozirgi Quddus, Yerussalim mintaqasida dam olishdi va o’sha yerda Alloh Subhanahu Taologa ibodat qilish uchun bir uy qurdilar. Bu Baytul Maqdis deb ataladi, ya’ni Masjidul Aqso ham deyiladi. Alloh Subhanahu Talo Masjidul Aqsoga baraka berdi. Yaqub alayhissalom shaharlariga qaytganlarida, Iis ukasi Yaqubni ko’rib, xursand bo’ldi. Otasi Ishoq alayhissalom ham ancha keksayib qolgandilar. Yaqub alayhissalom akasi Iis bilan otalarining xizmatlarida bo’lishdi. Ishoq alayhissalom rivoyatlarda kelishicha 180 ga kirib, bu dunyoni tark qildilar. U zot Halil shahridagi otalari Ibrohimning yoniga dafn qilindi. Halil Hiveon deb ham nomlanadi, Ibrohim alayhissalomning nomlariga atab Al Halil deb ham nomlangan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев