Ismoil alayhissalom uyiga qaytgach, ayoli bir kishi kelib siz va biz haqimizda so’radi, dedi. Ismoil alayhissalom ayolidan o’sha kishining qanaqaligini so’radi. Ayoli esa Ibrohim alayhissalomni sifatlab berdi. Shunda Ismoil alayhissalom u kishini otasi Ibrohim alayhissalom ekanligini bildi. Shunda ayoli: “U odam sizga, ostonasini o’zgartirsin, deb aytdilar”, dedi. Ismoil alayhissalom otasi nima demoqchi bo’lganini tushunib yetdi. Ibrohim alayhissalom o’g’lidan o’z ayolini taloq qilishga buyurgan edi. Chunki Ismoil alayhissalomning ayoli soliha ayol emas edi. Shundan so’ng Ismoil alayhissalom ayollarini taloq qilib, boshqaga uylandi. Ibrohim alayhissalom o’g’li Ismoil alayhissalomni ko’rish uchun yana Makkaga keldi. Bu safar ham o’g’illarini topa olmadi, uyiga borganida esa bir ayol chiqdi. “Sen kimsan?”, deb so’raganlarida, ayol: “Men ayollari bo’laman”, deb javob berdi. Ibrohim alayhissalom Ismoilning qayerdaligini so’radi. Ayol: “Rizq qidirib ketganlar”, deb javob berdi. Ibrohim alayhissalom ayoldan xol-ahvol so’radilar. Ayol: “Alhamdulillah, farovonlikda yashayapmiz”, deb javob qaytardi. Chunki bu ayol soliha ayollardan edi. Ibrohim alayhissalom yana qaytib Falastinga ketdi, ketishlaridan oldin keliniga: “Ismoil kelsa, ayting, ostonasini mahkamlasin va otangizdan sizga salom, deb ayting”, deb tayinladilar. Ismoil alayhissalom uyiga qaytganida, ayoli bo’lgan voqeani gapirib berdi. Ismoil alayhissalom alayhissalom mana shu ikkinchi ayollaridan 12 ta
o’g’il ko’rdilar. Ismoil alayhissalom ahllarini namozga va zakotga buyurar edi. Maryam surasi 55-oyatida Alloh Taolo marhamat qiladi: “U o’z ahli, ummatini namozga va ro’zaga buyurar edi. U Parvardigori nazdida rozi bo’lgan kishilardan edi”. Ismoil alayhissalom Makkada vafot etdi va shu yerga dafn qilindi. Ibrohim alayhissalomning ayoli Soradan Ishoq o’g’li bor edi. An’om surasi 84-oyatda Alloh Taolo: “Unga, Ibrohimga, farzandi Ishoqni va nabirasi Yaqubni berdik. Bularning barchalarini hidoyat qildik”, deydi. Qur’onda Alloh Subhanahu Taolo Ishoq alayhissalomni 17 ta oyatida nomlarini zikr qilgan. Ishoq alayhissalomning bashoratlari va sifatlari haqida Soffat surasi 112-oyatida Alloh Taolo aytadi:
“Yana biz unga solihlardan bir payg’ambar bo’lajak Ishoqning xushxabarini berdik”.
ُ
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев