Alloh taolo shunday deydi: «(U o‘t ichidan eson-omon chiqdi) va dedi: «Albatta, men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman. Uning O‘zi meni (to‘g‘ri yo‘lga) hidoyat qilur. (Parvardigorim), O‘zing menga solih (farzand)lardan hadya etgin». Biz unga bir halim o‘g‘ilning hushxabarini berdik. U (bola Ibrohim) bilan birga yuradigan bo‘lgach, (Ibrohim): «Ey o‘g‘ilcham, men (hadeb) tushimda seni (qurbonlik uchun) so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Sen bunga nima deysan?», dedi. U aytdi: «Ey otajon, senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. In shaa Alloh, meni sabr qilguvchilardan topursan».
Har ikkisi ham (Allohning vahiysiga) bo‘ysunib, (Ibrohim o‘z o‘g‘li Ismoilni qurbon qilish uchun endigina) peshonasi bilan (yerga) yotqizgan ediki, Biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim, darhaqiqat, sen (ko‘rgan) tushingni rost-bajo qilding». Albatta, Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. Albatta, bu (ya’ni Ibrohimning o‘z o‘g‘lini qurbon qilishga buyurilishi) ochiq-ravshan imtihondir xolos. Biz (Ismoilning) o‘rniga (Ibrohimga) katta bir (qo‘chqor) so‘yishni — qurbonlikni evaz qilib berdik (ya’ni katta bir qo‘chqorni jannatdan tushirdik) va keyingi (avlod)lar orasida (Ibrohim) haqida (go‘zal maqtovlar) qoldirdik. Ibrohimga salom bo‘lgay. Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. Darhaqiqat, u Bizning mo‘min bandalarimizdandir. Yana Biz unga payg‘ambar (va) yaxshilardan (bo‘lg‘usi) Ishoqning xushxabarini berdik. (Ibrohimga) ham, Ishoqqa ham (dinu-dunyolarida) barakot berdik. Ularning zurriyotidan chiroyli amal qilguvchi ham, o‘z joniga ochiq jabr qilguvchi ham bo‘lur» [Soffat: 99-113].
Jurhum qabilasidan kelgan bu jamoat shu yerda joylashib qoldilar, qolgan oila a’zolariga ham odam jo‘natib, ularni ham shu yerga chaqirtirdilar. Makkada Jurhum qabilasidan bir qancha oilalar joylashgach, Hojarning farzandi ulg‘ayib, ulardan arab tilini o‘rgandi. Ular Ismoil alayhissalomni juda yahshi ko’rishardi , chunki u juda muloim va maqqul va o’ta tarbiyalik edi.
Ibrohim alayhissalom Hojar va Ismoildan habar olib ularni ziyorat qilib turardi. Kunlardan birida Alloh subhanhu wa ta’lo Ibrohim Halilga farzandi Ismoilni zabh qilishlikni buyurdi. Ismoil alayhissalom usha paytda o’smir yoshida ,ya’ni har narsani tushunadigan ,otasi bilan safarlarga boradigan va ma’suliyatni his qiladigan yoshlarda edi.
Alloh taoloning «U (bola Ibrohim) bilan birga yuradigan bo‘lgach…» degan so‘zidan «u o‘smirlik yoshiga yetib, otasi singari o‘ziga tegishli ishlarini o‘zi bajara oladigan bo‘lgach…» degan ma’no nazarda tutilgan. Mujohid shunday deydi: «Ya’ni, o‘smirlik yoshiga yetib, safarlarga chiqa boshlagan va otasi qila olgan ish va tirikchilikka toqati yetgan vaqtda…». Ismoil shu yoshga yetganida Ibrohim alayhissalom tushida mana shunday farzandini so‘yishga buyurildi. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan marfuan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi: «Payg‘ambarlar tushi vahiydir»[1].
Bu Alloh taoloning xalili Ibrohim alayhissalomga bo‘lgan katta bir sinovidir. U yoshi bir joyga borib, keksaygan chog‘ida ko‘rgan aziz farzandini so‘yishga buyurildi. U bundan ilgari bu farzandi va uning onasini suvsiz va giyohsiz diyorga, na biron kimsa, na biron giyoh va na chorva hayvonlari bo‘lmagan bir vodiyda qoldirib kelishga buyurilgan edi. Ibrohim alayhissalom bu xususda Allohning amriga bo'ysungan, Unga ishonchi va tavakkuli kuchli bo‘lgani bois o‘z oilasini o‘shanday yerda qoldirib kelgan edi. Darhaqiqat, Alloh taolo ular ikkisi, ya’ni Hojar va uning farzandi Ismoil uchun yengillik va qulayliklar in’om etgan, ular o‘ylamagan tomondan ularga rizqu-ro‘z ato etgan edi. So‘ngra bu sinovlarning barchasidan keyin Parvardigorining amri bilan o‘zidan uzoqlashtirgan yakkayu-yagona farzandini so‘yishga buyurilganida ham Parvardigoriga labbay deb javob berdi, Uning amriga bo'ysundi va toatiga shoshildi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев