Bu uning: «Men betobman» va «Yo‘q, bu ishni ularning kattasi
mana bu (haykal) qildi» – degan gaplaridir. Kunlardan birida Ibrohim alayhissalom xotini Sora bilan ketayotib zolim hukmdorlardan birining yurtiga borib qoladi. Hukmdorga «shahrimizda bir kishi yuribdi, yonida nihoyatda go‘zal bir ayol bor», degan gap yetkaziladi. Hukmdor Ibrohim alayhissalomga chopar yuborib, undan yonidagi ayolning kimligi haqida so‘ratadi. Chopar undan: «Bu kim?» – deb so‘raydi. Ibrohim alayhissalom: «Singlim» – deb javob qiladi. Shundan so‘ng Ibrohim alayhissalom Soraning oldiga kelib deydi: «Ey Sora! Bilasan, yer yuzida ikkimizdan o‘zga mo‘min zoti yo‘q. Manavi hukmdor mendan sen haqingda so‘radi, men «singlim», dedim. Endi meni yolg‘onchiga chiqarmagin!». Hukmdor Soraga chopar yuborib, uni huzuriga chaqirtiradi. Sora uning huzuriga kirgach, uni qo‘li bilan ushlamoqchi bo‘ladi. Shu on hukmdor joyida qotib qoladi. «Allohga duo qil, meni qo‘yib yuborsin. Senga ziyon bermayman» – deydi u. Sora Allohga duo qiladi va u qo‘yib yuboriladi. Shundan so‘ng hukmdor yana unga qo‘l uzatadi va yana avvalgidek, balki undan ham kuchliroq qotib qoladi. «Allohga duo qil, meni qo‘yib yuborsin. Senga ziyon bermayman» – deydi u. Sora Allohga duo qiladi va u qo‘yib yuboriladi. Shunda hukmdor xizmatkorlaridan birini chaqirib shunday deydi: «Sizlar menga inson bolasi emas, naqd shaytonni olib kelibsizlar-ku!». Hukmdor Soraga Hojarni cho‘ri sifatida hadya qiladi. Sora qaytib kelganida Ibrohim alayhissalom tik turib namoz o‘qiyotgan edi. U qo‘li bilan: «Nima bo‘ldi?» – deganday imo-ishora qildi. «Alloh kofir (yoxud fojir)ning makr-hiylasini o‘ziga qaytardi va menga Hojarni xizmatkor qilib berdi» –deya javob qiladi Sora».
Ibrohim alayhissalom Sorani podshohning huzuriga olib ketganlaridan buyon Allohga iltijo qilib namoz o‘qishni boshlagan, Undan xotinini asrashi va unga ko‘z olaytirgan zolimning hiylasini o‘ziga qaytarishini so‘rar edi. Sora ham shunday qildi. Allohning dushmani unga aziyat berishni hohlaganida darhol tahorat olib, namozga shoshildi. Yuqorida aytib o‘tilgan ulug‘ duo bilan Allohga iltijo qildi. Zero, Alloh taolo shunday dedi: “Sabr va namozdan yordam so‘ranglar” [Baqara: 45]. Shunday qilib, Alloh taolo O‘zining suyukli bandasi, Rasuli va xalili Ibrohim alayhissalomning “ma’sumligi” , ya’ni gunohlardan saqlangani sabab, xotini Sorani ham O‘zi asradi, hifzu-himoyasiga oldi.
Ibrohim alayhissalomning muqaddas zaminga qaytishi
Shundan so‘ng Ibrohim alayhissalom Misr diyoridan oldin o‘zi yashab turgan muqaddas zamin va muborak joy – Baytil Maqdis (Quddus) diyoriga qaytdi. Ibrohim alayhissalom o‘zi bilan birga ko‘plab chorva mollari, qullar va mo‘l-ko‘l mol-davlat bilan qaytdi. Shuningdek, ularga Misrlik qibtiy ayol Hojar ham hamrohlik qildi.
Ibrohim alayhissalom Falastin yerlarida yillarcha yashadilar ,lekin Alloh taalo u zotga uzoq vaqtgacha farzand nasib etmadi. Ibrohim alayhissalom Alloh subhanahu wa taalodan solih farzand berishini so’rab duo qilardilar va hech qachon umidlarini uzmadilar.
Ibrohim alayhissalomni zurriyotsiz bu dunyodan o’tishlaridan havotir qilgan Sora o’z hadyasi bo’lgan Hojarni Ibrohim alayhissalomga berdi. Sora Ibrohim alayhissalomga dedi: «Parvardigor menga bola nasib qilmadi. Shunday ekan, siz mening mana bu cho‘rimni oling, shoyad Alloh taolo undan sizga farzand nasib qilsa».
Sora Hojarni Ibrohim alayhissalomga hadya qilgach, u Hojar bilan qovushdi. Ibrohim alayhissalom Hojar bilan qovushgach, undan homila bo‘ldi. Shundan so‘ng Hojar Ismoil alayhissalomni tug‘di. Rivoyatlarda kelishicha Ibrohim alayhissalom usha vaqtda 86 yoshda edilar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев