Joriy yilning 5-mart kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Taʼlim inspeksiyasi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari, texnikumlar va umumtaʼlim maktablari faoliyati boʻyicha olib borilgan oʻrganish natijalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida viloyatda taʼlim sifatini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, sifat va samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish orqali kadrlar tayyorlash tizimining raqobatbardoshligini oshirish bilan bogʻliq aniqlangan muammo, kamchiliklar va ularni bartaraf etish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/112245
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев