Bu muammoni tarkibida D vitamini boʻlgan dori vositalarini qabul qilish orqali bartaraf etish mumkin, ammo buning uchun bemor qoʻyilgan tashxis toʻgʻriligiga toʻliq ishonch hosil qilgan boʻlishi va organizmda D vitaminining miqdori qanchalik past koʻrsatkichga ega ekanligi haqida aniq maʼlumotga ega boʻlishi lozim. Vaziyat qay darajada ekanligini laboratoriya tekshiruvlari yordamida bilib olishingiz mumkin.
Albatta, D vitaminining yetishmovchiligi kuzatilganda, inson faol boʻla olmaydi va u oʻzini yaxshi his qila olmaydi – ushbu element organizm uchun muhim boʻlgan koʻplab vazifalarni bajaradi: organizmni va jismoniy holatni tonusda ushlaydi, shuningdek asab va yurak-qon tizimlarining normal ish faoliyatini ta'minlaydi, uglevodlar va yogʻlar almashinuvida ishtirok etadi, hamda energiya tejalishiga yordam beradi.
Vitamin D tahlilining natijalari uning yetishmovchiligi yoki miqdorinig ortib ketganligini aniqlabgina qolmay, balki kaltsiy almashinuvi buzilishining sabablarini ham tushunishga yordam beradi.
Tahlil uchun tayyorgarlik:
Tekshiruv och qoringa oʻtkaziladi, faqatgina suv ichish mumkin. Tarkibida D vitamini boʻlgan qoʻshimchalarni 3 kundan boshlab qabul qilmaslik tavsiya etiladi.
Klinikamiz telefonlari:
+998 (71) 200-03-23
+998 (71) 241-28-11
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻch. 21v uy (moʻljal:Toshkent shahar inkassatsiya xizmati).
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев