Shu tufayli, ba'zida jarrohlik amaliyoti talab etiladi.
Adenoidlar burun-halqum sohasida limfa tugunlarining yigʻindisidan hosil boʻlgan boʻlib, yalligʻlanish jarayonlarida ular hajmida kattalashish xususiyatiga egalar va natijada bola uchun katta noqulayliklar keltiradilar.
Bolada adenoidlar kattalashganini mustaqil ravishda aniqlashning imkoni yoʻq, shu sababli ushbu kasallikka nisbatan shubha hosil boʻlgan hollarda LOR-shifokori bilan maslahatlashish lozim.
Shu bilan birga, ota-onalar ushbu alomatlarga oʻz e'tiborlarini qaratishlari mumkin:
- burundan suyuq ajratmalarining chiqishi, halqumning orqa devoridan shilliqning oqishi;
- ovozning oʻzgarishi;
- quloqlarining bitishi va ularning tez-tez yalligʻlanishi;
- uzoq vaqt mobaynida davom etuvchi yoʻtal;
- infektsiya - yalligʻlanishga oid kasalliklarning tez-tez takrorlanishi (gaymorit, anginalar, faringit, traxeit va boshq).
LOR-shifokori xonasi – №102.
Klinikamiz telefonlari:
+998712000323
+998712412811
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻch. 21v uy (moʻljal:Toshkent shahar inkassatsiya xizmati).
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев