Oʻzimizni yahshi xis qilishmiz va bayram kayfiyatini saqlab qolishimiz uchun Yangi yil kechasini va keyingi dam olish kunlarini qanday oʻtkazishimiz lozim?
Endokrinolog-diyetolog shifokori xonasidan bir nechta maslahatlar.
Yangi yil stolida haddan ziyod koʻp taom tanovul qilishimizning tez-tez kuzatiluvchi sabablardan biri - biz ushbu kun davomida deyarli hech narsa isteʼmol qilmasligimiz hisoblanadi. Natijada mehmondorchilik vaqtida tanovul qilingan taomlarning miqdori bir necha barobar oshib ketadi. Bu vaziyatdan xalos boʻlishning eng oson yoʻli - 31 chi dekabr sanasida, kun davomida ovqatlanish tartibida ertalabki nonushta, tushlik va ular orasida oz-oz miqdorda taom qabul qilish kerak boʻladi.
Mayonezni, sevimli ziravorlar va qatiqdan tayyorlangan sous bilan almashtirish orqali, tayyorlangan salatlarning kaloriyasini kamaytirishga erishish mumkin.
Shuningdek, stol atrofiga vaqtliroq, soat 18:00 yoki 20:00 vaqtlar oraligʻida oʻtirishingiz lozim, natijada siz toʻla oshqozon bilan uyquga ketmaysiz, tanovul qilingan taom hazm boʻlishga ulguradi va siz ertalab oshqozoningizda yoqimsiz xissiyotlar bilan uygʻonmaysiz.
Mehmondorchilikdan avval hoʻl meva yoki bir stakan suv ichish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ovqatlanishni oʻsimlik yogʻi qoʻshilgan va sabzavotlardan tayyorlangan salatdan boshlash zarur. Shuningdek, foydali tsellyuloza ishtahani bir qancha vaqtga qoniqlantiribgina qolmay, balki asosiy taomni hazm qilishga ham yordam beradi.
Taomni sekinlik bilan isteʼmol qiling, ahir yangi yil kechasi juda uzoq vaqt davom etadi, shoshilishingizga esa hech qanday sabab yoʻq.
Bahtli boʻling va oʻz salomatligingizni doimo nazorat qiling!
Klinikamiz telefonlari:
+998712000323
+998712412811
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻch. 21v uy (moʻljal:Toshkent shahar inkassatsiya xizmati).
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев