Qadrli yoshlar!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun Fargʻona tumani yoshlarini mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlugʻ ayyom – “Yoshlar kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugungi kunda maktab, kollej, texnikum va oliygohlarda bilim olayotgan, oʻz shaxsiy ishini ochib, tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan, Qurolli Kuchlarimiz saflarida yigitlik burchini sharaf bilan ado etayotgan, ishlab chiqarish, qurilish, ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot va sanʼat, sport sohalariga, zamonaviy IT-texnologiyalari yoʻnalishlariga dadil kirib borayotgan, katta orzu-umidlar bilan yashayotgan oʻgʻil-qizlarimiz – bizning bebaho boyligimiz, oltin zaxiramizdir.
Siz, azizlarni bugungi yoshlik, baxt va nafosat ayyomi bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, ulkan yutuq va omadlar tilayman.
Hech qachon unutmang, gʻalaba va baxt – astoydil intilganniki!
Sizlarning yutugʻingiz – bu butun tumanimizning yutug'i.
Oʻz oldingizga ulugʻ maqsadlar qoʻyib yashashdan aslo charchamang!
Barchangizga bayram muborak boʻlsin!
Inomov Xamidullo Tadjiyevich
Fargʻona tumani hokimi
Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев