Kecha yashil rangda turgandim shoxda,
Bugun alvon rangda ko'rdim o'zimni.
Yaproqlar sirlashib men bilan bog'da,
Kecha turgan edi tinglab so'zimni.
Barchamiz turgandik shoxda shitirlab,
Chug'urlab yayradik yomg'irda picha.
Do'llar ham to'kildi bizga pitirlab,
Go'yoki bo'lgandek voqea kecha.
Birdan boshim uzra aylandi shamol
Tanimni qiynadi tinmayin yelib.
Ikki alvon yaproq qildi yelni lol,
Meni panaladi boshimga kelib.
Shamol tinsa hamki so'nmadi titroq
Yaproqlar negadir tizilgan edi.
Qolgandi yonimda bir alvon yaproq,
Bittasi bo'ronda uzilgan edi.
Bir zum sukut bo'ldi,yaproqlar jimib,
Keyin ketishdilar yana shitirlab.
Yomg'ir ham qo'yardi gohida tinib,
Yana yog'ar edi bizga pitirlab.
Yaproqlar deyishdi shitirlab yana,
Taskin so'zlar uzra mash'ala yoqib.
Qirg'oqqa tushganda ko'rarding ana,
Suvga tushgan bo'lsa ketadi oqib.
Bir yaproq qidirib boqdim olamga,
Alvonrang yaproqlar tizilib yotar.
Qo'shildi nolalar mening nolamga,
Yaproqlar birma -bir uzilib yotar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев