Предыдущая публикация
Ayting kimning yuz yil yashagisi yo'q?
LEK ko'ngil tubida yuz ochar bir cho'q,
BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA.
Qafasga sig'maydi orzular qushi Joningni chimchilar ro'zg'or tashvishi,
Ayt poyon topgaymi bu dunyo ishi?
BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA
Dasturxon to'ldirma, topganingni qo'y,
Mayli qadah tutma, diydoriga to'y,
Ostonangda kulib ko'rsatganda bo'y,
BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA
Kimdir gul uchun, kim, pul uchun yashar,
Qo'yosh ko'kda kuyib nur uchun yashar,
Saman diydor topgan dur uchun yashar,
BIR KUNDA BIR SOAT DO'ST UCHUN YASHA.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев