1. Doimiy nazoratni ta’minlang
• Insonni muntazam kuzatishni tashkil qiling: qarindoshlar, enaga yoki qo‘shnilarning yordami.
• Ayniqsa, inson tez-tez uydan chiqib ketadigan bo‘lsa, yonida kimdir bo‘lishiga ishonch hosil qiling.
2. Oson chiqib ketishni cheklang
• Eshiklar va derazalarga ochish qiyin bo‘lgan qulf o‘rnating.
• Uy eshigi ochilganda xabar beruvchi signalizatsiya yoki qo‘ng‘iroq o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqing.
3. Identifikatsiyani ta’minlang
• Insonni shaxsiy ma’lumotlari yozilgan bilaguzuk bilan ta’minlang:
• Ismi va familiyasi.
• Sizning telefon raqamingiz.
• Demensiya borligini bildiruvchi yozuv.
• Ushbu ma’lumotlarni cho‘ntagiga yoki kiyimiga soling, yoki maxsus yorliqni tikib qo‘ying.
4. Texnologiyalardan foydalaning
• GPS-treker sotib oling (bilaguzuk, kulon yoki soat shaklida). U insonning joylashuvini real vaqt rejimida kuzatishga imkon beradi.
5. Uy sharoitini tayyorlang
• Inson uydan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan xavfli narsalarni olib tashlang: avtomobil kalitlari, pul, kartalar, eshik yonidagi poyabzal.
• Uyda qulay va xavfsiz muhit yarating, bu uydan chiqish istagini kamaytiradi.
6. Qo‘shnilar va yaqinlarni xabardor qiling
• Qo‘shnilarga yaqiningiz ahvolini tushuntiring. Ular yaqiningizni noodatiy joyda ko‘rishsa, sizga xabar berishlarini iltimos qiling.
• Qo‘shnilar va do‘stlarga o‘z telefon raqamingizni bering.
7. Harakat rejasini tayyorlang
• Ekstremal vaziyatlarda qidiruv uchun yaqininingizni aktual fotosuratiga ega bo‘ling.
• Oldindan mahalliy qidiruv guruhi UzAlert, militsiya va favqulodda xizmatlarning telefon raqamlarini saqlab qo‘ying.
8. Kun tartibini saqlang
• Tinchlantirish uchun aniq kun tartibini o‘rnating.
• Nazorat ostida muntazam sayr qilish mustaqil ravishda uyda chiqib ketish istagini kamaytirishi mumkin.
9. Bezovtalik belgilariga e’tibor bering
• Agar inson bezovta bo‘lib, uydan chiqishga harakat qilsa, suhbat orqali uni tinchlantiring yoki qiziqarli biror narsa taklif qiling.
10. Sog‘liqni muntazam tekshiring
• Demensiya rivojlanishini kuzatish uchun shifokor bilan maslahatlashib turing. To‘g‘ri terapiya dezorientatsiya belgilarini kamaytirishi mumkin.
Ushbu choralarning koʼrilishi insonni xavfsiz saqlash bilan birga, sizning hayotingizni ham yengillashtiradi va og‘ir vaziyatlar xavfini kamaytiradi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1