Men ham qiynab qilmayman so'roq.
Yashasang bas... kimnidur sevib
Seni baxting mendan muhimroq,
Meni sevmabsan-u yuragim berdim,
Naqadar azobdir aldanib sevmoq.
Mensiz baxtli bo'lsang... men nima derdim,
Seni baxting mendan muhimroq.
Menga tikon sanchdi o'zimni gulim,
Duo qilay gulim, ko'rmagin zulm.
Iforingga o'taman chanqoq,
Seni baxting mendan muhimroq,
Baxting uchun o'zimdan tonaman.
Baxtli bo'lsang baxtga qonaman,
Meni sevmagansan buni bilaman.
Seni baxting mendan muhimroq.
To'yingga borsam yo'l qo'yib g'urur
So'z berishsa tanish oshiqqa
Dimog'im bo'g'ilmay aytaman mag'rur,
Seni baxting mendan muhimroq.
Tanam uzra tortilsa tuproq,
U dunyoda boshlansa so'roq
Nega o'zingni o'ldirding gumroh?
Uni baxti mendan muhimroq...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев