O'tib ketgan mazmunsiz baxtmi...
Yoki bugun ayrilgan dilning...
Ortimizda Ingragan dardmi...
Sevgimizdan nimalar qoldi...
Ikki varoq sevgi xatlari...
Yoki bizga dunyo xoxlagan...
Ketayotgan armon shartlari...
Sevgimizdan nimalar qoldi...
Soxta kulgu soxta so'zlarmi...
Xar kun ko'rib bir birimizni...
Sevdim degan o'sha Ko'zlarmi...
Sevgimizdan nimalar qoldi...
Qolib ketgan ortdagi menmi...
Yoki chetga chiqib yiqilgan...
Afsuslardan yig'lagan senmi...
Sevgimizdan nimalar qoldi...
Xuvvillagan o'sha yo'llarmi...
Balkim Bizni ilk bor uchratgan...
Suvsiz yotgan o'sha ko'llarmi...
Sevgimizdan nimalar qoldi...
Nimalarni olib ketoldik...
Ayt axir sevgilim bir birimissiz...
Naxot naxot endi baxtga yetoldik
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев