Yuragimdan o'chmadi hanuz
Har kuz qadri o'sha kuz
Man sog'indim barglarni
Hazon bo'lgan ko'chalar
Sevar edim qanchalar
Oson bo'ldi shunchalar
Ketar bo'lding ketar bo'lding
Endi yo'llarim olis
Endi kunlarim uzun
Endi yillarim qisqa
Qiynading buncha
Endi sen menga armon
Endi hammasi yolg'on
Endi sevgimiz arzon
Ketar bo'lding...!
Tima Xijron:
Kech edi ko'p suvlar oqib bo'lgandi
4 yilni o'tkazib men bordim kelding
Ko'zdagi yoshlarim oqib bo'lgandi
Ilojsiz qildim ilojsiz qilding
Kutdim sen kelmading men borolmadim
O'shanda g'ururim to'sib qo'ygandi
O'tolmadim sevgilim sinovlaridan
G'ururni deb sevgimiz o'lib bo'lgandi
Yo'lak homush qoldi zinalar homush
Aldadilar meni aldadi seni
O'tmishda qolgan yuraklarimiz
O'sha o'tmish qani yuraklar qani
Endi yo'llarim olis
Endi kunlarim uzun
Endi yillarim qisqa
Qiynading buncha
Endi sen menga armon
Endi hammasi yolg'on
Endi sevgimiz arzon
Ketar bo'lding...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев